So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

08 iyu 15:02
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida 12 ta medal qo'lga kiritdilar

Teglar :  Taekvondo
6-8 iyun kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida kadetlar o'rtasida kerugi va pumse yo'nalishida II Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tdi.


Unda qitamizning 18 mamlakati vakillari ishtirok etdi. CHempionatda Sobir Nazaraliev boshchiligidagi terma jamoamiz azolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.


Kecha terma jamoamiz azolar kerugi yo'nalishida o'z chiqishlarini davom ettirishdi. -33 kg vaznda bahslarda ishtirok etgan Daniil Kim yarim finalda koreyalik raqibiga 20:25 hisobida imkoniyatni boy berib, bronza bilan kifoyalandi. -59 kg da o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan Iroda Mirtojieva ham final yo'llanmasi uchun kurashda mezbonlar vakilasiga mag'lub bo'ldi (16:37) va shohsupaning 3-pog'onasidan joy oldi.

+59 kg li sportchimiz Kseniya Smirnova eronlik sportchiga ortiqcha qarshilik ko'rsata olmadi va u ham navbatdagi bronzani terma jamoamizga taqdim etdi.

-37 kg gacha bo'lgan vaznda Amir To'raev finalgacha muvaffaqiyatli etib bordi va bosh sovrin uchun bahsda eronlik raqibiga kichik hisobda (10:16) imkoniyatni boy berib, kumush bilan chegaralandi.

-29 kg da dayanga chiqqan Munisa Karimova Janubiy koreyalik tajribali sportchiga qarshi final uchrashuvida (4:24) mag'lubiyatga uchradi va kumush medal chegarasida qoldi.

Eslatib o'tamiz, chempionatning birinchi kuni pumse yo'nalishida Iroda Umrzoqova oltin, Aynur Umrzoqova va Islombek Rajaboev yakkalik pumseda, Iroda Umrzoqova hamda Islombek Rajaboev juftlik chiqishlarida bronza medallarini qo'lga kiritgan edi.

-45 kg gacha bo'lgan vaznda Azizbek Rahmonberdiev mamlakatimiz kadetlari hisobiga ilk oltin medalni rasmiylashtirgan edi. 

-41 kg vaznda Sevinch Musirova esa bronza medali sohibasi bo'lgandi.

SHunday qilib, O'zbekiston kadetlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 2tadan oltin va kumush va 8 bronza medalini qo'lga kiritishdi.

Sportchilarimiz 9 iyun kuni Toshkentga qaytib kelishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing