10 jan 13:22
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz poytaxtdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini qizg'in davom ettirishmoqda
Xabar berib o'tganimizdek, terma jamoalarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Jumladan, taekvondo WTF bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ham oldinda turgan masuliyatli musobaqalarga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqdalar. SHu munosabat bilan sportchilarimiz Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda. Unda 30 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
7-21 yanvar kunlariga mo'ljallangan yig'in fevral oyida Antaliyada o'tkaziladigan Turkiya Ochiq chempionati hamda "Evropa mintaqasi - Prezident kubogi" musobaqalariga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar