01 fev 08:11
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz Turkiyaga jo'nab ketishdi
3 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida taekvondo bo'yicha ananaviy "Turkish Open" musobaqasi bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.
Bundan bir necha daqiqa avval, aniqrog'i soat tonggi 7:40da terma jamoamiz delegaciyasi HY271 Toshkent - Istanbul reysi bilan Turkiyaga uchib ketdi. Ushbu reyting musobaqasida terma jamoamizning etakchi taekvondochilari yurtimiz sharafini himoya qiladi.
"Turkish Open"ga yo'l olgan tarkib:
-58 kg: Ulug'bek Rashitov
-68 kg: Jasurbek Jaysunov
-74 kg: Xojiakbar Zokirov
-80 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Dmitriy SHokin
-49 kg: Madinabonu Mannopova
+73 kg: Svetlana Osipova
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 2014-2019 yillar davomida "Turkish Open" musobaqasida jami 14ta oltin, 7ta kumush va 10ta bronza, jami 31ta medalni qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar