01 sen 08:23
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimizning bayramga munosib sovg'asi
24-31 avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida Taekvondoning ITF yo'nalishi bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida XXI jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada dunyoning 96 ta davlatidan 2640 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Kuchli bellashuvlardan so'ng O'zbekiston Taekvondo (ITF) milliy associaciyasi terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi:
Otajanov SHoxrux (64 kg vaznda) – 2-o'rin;
Xudoyberdiev Valijon (52 kg vaznda) – 3-o'rin;
Saidov Behruz (85 kg vaznda) – 3-o'rin.
Bugun Associaciya rahbari Laziz Hasanov boshchiligidagi terma jamoamiz azolari O'zbekistonga qaytib kelishadi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar