22 iyu 18:53
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochimizdan "Korea Open"dagi navbatdagi medal
Janubiy Koreyada taekvondo bo'yicha "Korea Open" reyting musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning buguni kunida yana bir sportchimiz sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'ldi.
-68kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdulaziz Hamidullaev ilk jangida Janubiy Koreya (19:10), keyin Avstraliya terma jamoasi azosini (27:12) mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa taylandlik raqibga 10:14 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.
Malumot uchun, bungacha Dinoraxon Mamadibragimova (bronza), Amirbek To'raev (bronza), Madina Mannopova (bronza), Jahongir Xudoyberdiev (kumush) , Ulug'bek Rashitov (oltin) va Jasur Jaysunov (oltin) terma jamoamiz hisobiga medal qo'shib qo'ygan edilar.
Bellashuvlar 24 iyulga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar