So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0

03 dek 16:16
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondoni rivojlantirish xalqaro fondi bilan bir qator masalalar bo'yicha kelishuvga erishildi

Teglar :  Taekvondo
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyada Osiyo taekvondo ittifoqi rahbari Li Kyu Syok bilan uchrashib, bir qator muhim masalalarni muhokama qilgani haqida xabar qilgandik.

Mazkur uchrashuvda unga O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi raisi Ahmadjon Rahimov hamrohlik qilmoqda.

Taekvondo masalasi bo'yicha navbatdagi uchrashuv Janubiy Koreya madaniyat va sport vazirligi qoshidagi taekvondoni rivojlantirish davlat fondi raisi Sang Vuk Li bilan o'tkazildi. Fondning asosiy faoliyati taekvondo WTFni dunyo bo'ylab rivojlantirish va ommaviylashtirishdan iboratdir. Uchrashuv davomida Markaziy Osiyoda taekvondo associaciyasining tashkil etilishi, mazkur associaciyaga azo mamlakatlar sportchilari o'rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi. O'z navbatida, janob Li tashkiliy masalalarda yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o'tdi. SHuningdek, uchrashuvda o'zbekistonlik taekvondochilarning Muju shahrida joylashgan taekvondo markazida o'quv-mashg'ulot olib borishlari bo'yicha kelishib olindi. Malumot uchun, mazkur taekvondo markazi o'z yo'nalishida jahonda eng yirigi hisoblanadi. U erga er yuzining turli mamlakatlaridan taekvondochilar tashrif buyurishadi va xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadilar. Uchrashuvda nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham taekvondoni rivojlantirish fondi faoliyatini kuchaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing