04 may 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Tailandlik bokschi Meyvezerning rekordini takrorladi
Engil vazn (47,6 kg) toifasida WBC yo'nalishi chempioni Vanxeng Menayotin beshinchi raundda panamalik Leroy Estradani nokautga uchratib, kamarini o'zida saqlab qoldi.
CHempionlik jangi Tailandning Nakxonratchasime shahrida bo'lib o'tdi. Bu 32 yoshli Menayotin uchun professional boks faoliyatidagi 50-g'alaba bo'ldi. Tailandlik bokschi shu kungacha mag'lubiyatga uchramagan.
Bu bilan Menayotin afsonaviy Floyd Meyvezerning rekordini takrorladi. U yana bitta jangda g'alaba qozona olsa, bu borada mutloq rekordchiga aylanib oladi.
Havola :
O’xshash yangiliklar
14:09
Meyvezerni qimmatbaho soatlarni o'g'irlashda ayblashmoqda. Jazo 20 yilgacha qamoq bo'lishi mumkin! 0
Fikrlar