13 iyu 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Taktarov raqibi bilan birga UFC SHon-shuhrat zaliga kirishga umid qilmoqda
UFC 6 turniri chempioni, MMA faxriysi Oleg Taktarov sobiq raqibi Marko Ruas bilan birgalikda SHon-shuhrat zaliga kirishiga umid qilmoqda.
"Ruas bilan birga, bir vaqtda zalga kirishimiz kerak, deb o'ylayman. Agar menga zalga kirishni taklif etishsa, Markosiz kirmasligimni aytaman. Bori shu! Yoki birgalikda kiritilamiz yoki kirishni rad etaman.
Bilaman, hozir UFC tarixga katta etibor bermoqda. Tarixni hurmat qilishingiz kerak. Ular barchani eslab qolayotganidan xursandman. Umid qilamanki, ular UFC 7 chempioni Marko Ruas va menga etibor qaratishadi", - deya Taktarovning so'zlarini keltiradi Ag Fight nashri.
Malumot uchun, Taktarov va Ruas o'rtasidagi jang 1995 yilning dekabr oyida bo'lib o'tgandi. Jang Olegning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar