13 may 21:57
Yangiliklar
Dzyudo
Tarixda ilk bor jahon chempionatida 4 ta medal qo'lga kiritdik
Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi 36-Jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga etdi.
Bugun jahon chempionati yakkalik bahslarining so'nggi kuni Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medaliga ega chiqdi. U bronza uchun kechgan murosasiz bellashuvda yaponiyalik Kokoro Kageurani ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi. Ipponga qadar u vazari bahosida yutqazayotgan edi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan 99 davlat orasida umumjamoa hisobida 8-o'rinni egalladi. Birgina oltin medal bizni 4-o'ringa olib chiqar edi.
Kumush medal sohiblari
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-60 kg: Dilshodbek Baratov
Bronza medal sohiblari
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
+100 kg: Alisher Yusupov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar