So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

06 sen 17:34
Yangiliklar

Taekvondo

Tarixda ilk bor Yaponiyada o'tadigan Gran-pri boshlanishiga bir hafta qoldi

13-15 sentyabr kunlari Yaponiyaning CHiba shahrida Jahon Gran-prisi bo'lib o'tadi.

Tarixda ilk bor kunchiqar yurt taekvondo bo'yicha Gran-pri mezboni bo'ladi. 

Etiborlisi bo'lajak Gran-pri 2020 yil Olimpiada o'yinlari taekvondo musobaqalari o'tkaziladigan shaharda o'tkaziladi. CHibadagi "Chiba Port Arena"da o'tadigan janglar shiddatli bo'lishi aniq, zero ushbu Gran-pri orqali sportchilar Olimpiada reytingi uchun qimmatli bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritishlari mumkin. 

Jahonning eng kuchli taekvondochilari 8ta vazn toifasida (4ta ayollar, 4ta erkaklar) kurash olib borishadi. 2019 yil iyul oyida elon qilingan Olimpiada reytingi asosida har bir vazn toifasida eng yuqoridagi 31 nafardan sportchi mazkur Gran-priga taklif etilgan. 

"2020 yilgi Olimpiada o'yinlariga juda oz vaqt qoldi. SHu boisdan ham tarixda ilk bor Yaponiyada tashkil etiladigan Jahon Gran-prisi ajoyib o'tishiga shubha yo'q. Bundan tashqari sportchilar, murabbiylar va rasmiy shaxslar keyingi yil yozgi Olimpiada o'yinlarining taekvondo musobaqalari bo'ladigan shahar bilan yaqindan tanishish imkoniyati bo'ladi", - dedi Butunjahon taekvondo Federaciyasi prezidenti CHungvon CHoy.

Malumot uchun, 2020 yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarining taekvondo bo'yicha musobaqalari CHiba shahridagi "Makuhari Messe" sport zalida bo'lib o'tadi. Bundan tashqari tarixda ilk bor taekvondo musobaqalari Olimpiada o'yinlarining boshida (25-28 iyul) o'tkaziladi. 

Eslatib o'tamiz, CHibadagi Jahon Gran-prisida o'zbekistonlik to'rt nafar taekvondochi Nikita Rafalovich, Nigora Tursunqulova, Svetlana Osipova hamda Ulug'bek Rashitov ishtirok etishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing