18 iyu 11:58
Yangiliklar
Futbol
"Tarixdagi eng buyuk voqea". Infantino JCH-2026 finali oldidan Oq uyga murojaat qildi
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2026 finali oldidan AQSH mamuriyatiga murojaat yo'lladi.
"Sizning mamuriyatingiz — Oq uyning barcha xodimlari, shahar va shtatlar vakillari — xavfsiz va quvonchli muhit yaratilishini taminlab berishdi. Buning sharofati bilan dunyo hali hech qachon ko'rmagan voqelikka guvoh bo'ldi. Bu shunchaki tarixdagi eng yirik jahon chempionati emas, balki insoniyat guvoh bo'lgan eng buyuk ijtimoiy va madaniy voqeadir", — deya Infantinoning so'zlarini keltiradi "Sky News".
Jahon chempionatining bosh sovrini uchun kechadigan bahs 20 iyul kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadi. Unda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20 iyulga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Havola :
Fikrlar