29 okt 16:15
Yangiliklar
"Tarixdagi eng yomon PPVlardan biri". UFC 321 turniri tanqid qilindi
"Tarixdagi eng yomon PPVlardan biri. Va hafsalani pir qilganlardan biri. Prelim kard yomon emasdi: og'ir vaznli Valter Uoker yana bir bor oyog'ini qayirib oldi, avstraliyalik Kuillan Salkild Nasrat Haqparastni nokaut qildi. Hatto PPV boshida ham mag'lubiyatsiz Azamat Murzakanov Rakichni nokaut qildi.
Hammasi zo'r boshlangandi. Lekin Almeyda Volkovni faqat ushlab turdi, xuddi greppling jangidek. Volkov g'alaba qozondi, lekin jang zerikarli bo'ldi. Umar va Bautista 15 daqiqada faqat 20 soniya qiziqarli epizod ko'rsatdi — yana bir zerikarli jang, Umar hakamlar qarori bilan g'alaba qozondi.
Co-main event jang — Makkenzi Dern va Virna Jandiroba — yomon bo'lmadi, lekin hamma asosiy jangni kutgan edi. Hamma uni qiziqarli bo'ladi deb o'ylagan, lekin raund tugashiga 15 soniya qolganda Tom ko'ziga qo'lni tiqib olishdi va u ko'rmay qoldi", — dedi Pimblett.
Fikrlar