06 okt 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Tarozi marosimi. Nurmagomedov Makgregordan og'irroq chiqdi
Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor bizning vaqt bilan ertangi jang oldidan tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni bo'lib turgan rossiyalik Xabib Nurmagomedov hamda ikki vaznda sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor belgilangan vazn (70,3 kg) meyorini bajarishdi.
Xabib aynan 155 funt (70,3 kg), Konor esa 154,5 funt (70,1 kg) tosh bosdi. Endi UFC prezidenti aytgan zaxira jangchisi - amerikalik Toni Fergyusonga hojat qolmadi. Agar sportchilardan biri vazn meyorini bajara olmasa, Fergyusson o'sha jangchining o'rnini egallardi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar