29 apr 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Tasdiqlandi. Ikki kun oldin jang qilgan Ien Garri-Machado ikki haftadan keyin o'tkaziladigan chempionlik bahsida zaxira jangchisi bo'ladi
Bizning vaqt bilan 11 may tongida Kanadaning Monrel shahrida MMA bo'yicha UFC 315 musobaqasi o'tkaziladi.
Turnirning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasi chempioni Belal Muhammad hamda davogar Jek Della Maddelena o'rtasida kechadi.
Tashkilot rahbari Dana Uaytning malum qilishicha, ushbu bellashuvda irlandiyalik aralash yakka kurash ustasi Ien Garri-Machado zaxira jangchisi bo'ladi.
Takidlash joiz, Garri-Machado ikki kun oldin bo'lib o'tgan UFC Fight Night turnirining markaziy jangida Karlos Prates bilan bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar