27 apr 20:40
Yangiliklar
Dzyudo

Tashkent Open Judo Kids Cup III turniri istedodlarni saralamoqda + FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida dzyudo bo'yicha o'smirlar va kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasida ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
O'z tarixida uchinchi bor tashkil etilgan Tashkent Open Judo Kids Cup musobaqasi yildan-yilga takomillashib, yurtimizga kelayotgan ishtirokchilar geografiyasi ham kengayib boryapti. Bu yilgi xalqaro turnirga Braziliya, Portugaliya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, BAA, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi va Quvayt davlatlaridan dzyudochilar etib keldi.
Tashkent Open Judo Kids Cup har tomonlama yuqori darajada tashkil etilgan. Umumiy hisobda 2000 nafardan ziyod o'smirlar bir nechta yosh hamda vazn toifalarida medallar uchun bahs olib borishyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar