05 jan 10:53
Yangiliklar
Tatil yakunlandi, hamma mashg'ulotga!
Bugundan O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari yana aktiv mashg'ulotlarga qaytishadi. Reja bo'yicha asosiy jamoamiz 8-15 yanvar kunlari Avstriyaning Mittersil shahrida o'tkaziladigan o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi. Yilning ushbu ilk xorij yig'iniga 22 nafar dzyudochi murabbiylar Ilias Iliadis, Marko Spittka, Jamshid Xudoyberganov va Nurali Qobulov hamrohligida yo'l olishadi.
Terma jamoamiz 16 yanvar kuni Toshkentga qaytib keladi va 2023 yilgi mavsumning ilk IJF musobaqasi - Portugaliya Gran-prisiga tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi. Almadadagi musobaqa 27-29 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.
Ayni shu daqiqalarga qadar ushbu turnirda qatnashish istagini 5 qitaning 56 davlatidan jami 341 (194 erkak, 147 ayol) nafar dzyudochi bildirgan. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham bor.
Fikrlar