So’nggi yangiliklar

23:15Расман: Муроджон Аҳмадалиев Иноуэга қарши жанг олдидан май ойи охирида рингга кўтарилади 0 19:23Терма жамоамиз Dushanbe Grand Slam турнирини 5 та медаль билан якунлади 0 19:02"Жон Жонс ҳамон чемпион. Нега Махачевдан камарни олиб қўйиш керак?" - Кормье 0 18:39Каземиро МЮда Роналду даражасида пул ишлашни бошлаши мумкин 0 18:18WBC раҳбари Пакьяонинг нима сабабдан боксга қайтишга қарор қилганини тушунтирди 0 17:53Queensberry промоутерлик компанияси Париж-2024 Олимпиадаси совриндори билан шартнома имзолади 0 17:25"Оила дардига шерикман". Нганну 17 ёшли қиз вафотидан кейин илк бор баёнот берди 0 17:02"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси фаолиятини Саудияда давом эттириши мумкин 0 16:38Пётр Ян Кори Сэндхагеннинг ғалабасига муносабат билдирди 0 16:16Виржил Ортис: "Кроуфорд яна бир-иккита жангдан кейин фаолиятини якунлайди" 0 15:52Дмитрий Бивол йил охирида Бетербиев билан жанг қилишга умид қилмоқда 0 15:25ПСЖ "Реал" футболчисига ажойиб таклиф билан чиқди 0 15:02Турки Ал аш Шайҳ: "Канело - Кроуфорд жангида менга дўстим Дана Уайт ёрдам беради" 0 14:39Саидёқуб Қаҳрамонов UFC чемпиони Белал Муҳаммад билан машғулотдан сурат жойлади (ФОТО) 0 14:17Сауль Альварес фаолиятидаги 63-ғалабани қўлга киритди 0

26 okt 20:00
Yangiliklar

Boks/MMA

TAVSIYA QILAMIZ: Islam Maxachev keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi kerak?

Teglar :  Islam Maxachev
Islam UFC'da ikki karra chempion bo'lishni orzu qiladi.

Abu-Dabida UFC 294 turniri asosiy bahsda Islam Maxachev yarim raundda Aleks Volkanovskiyni nokautga uchratdi va engil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi. Volkanovskiyning mag'lubiyati vanihoyat trilogiya haqidagi barcha umidlarni yo'qqa chiqardi.


Hozir esa Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo'lishi haqida gaplashamiz

Oliveyra chempionlik uchun eng yaxshi davogar. Aynan u Abu-Dabidagi turnirning asosiy bahsida Maxachev bilan uchrashishi kerak edi. Ammo jarohat oldi: jangdan 12 kun oldin Oliveyra sparring paytida qoshidan dahshatli jarohat oldi va turnirni tark etdi.

Boy berilgan imkoniyatga qaramay, Oliveyra diviziondagi boshqa jangchilarga qaraganda kamarga yaqinroq: u hali ham engil vaznning eng yaxshilari reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi, P4P reytingining kuchli 5 ligida qolmoqda. Iyun oyida u sakkizta g'alabali ceriyaga ega bo'lgan Beneil Dariushni ishonchli tarzda mag'lub etdi.

Bu yo'lda unga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan yagona narsa - bu promoushenning CHarlzga saboq berib qo'yish istagi bo'lishi mumkin. CHunki yilning eng kutilgan janglaridan biri o'tib ketishida Oliveyraning aybi bor.

Yaqinda o'rta vazn toifasidagi Drikus du Plessi ham xuddi shunday vaziyatga tushib qoldi, u Sidneydagi turnirda tiklanishga ulgurmagani uchun Israel Adesanya bilan chempionlik jangidan bosh tortdi. UFC prezidenti Dana Uayt to'g'ridan-to'g'ri u ikkinchi imkoniyatni juda uzoq vaqt kutishi kerakligini aytdi.

Ammo Oliveyra chempionlik uchun birinchi darajali davogar ekanligiga ishonchi komil: «Men birinchi raqamli davogarman va reytingda o'zimdan pastdagilarning barchasini mag'lub etdim. Kim chempionlik uchun kurashadi? Albatta bu men». Dana Uayt bu fikrga qo'shilayotgandek va uni Maxachev bilan revansh jangida ko'rmoqchi.

Oliveyra jangga chiqa olmasligi malum bo'lgan kuni UFC idorasidan birinchi bo'lib Getjiga qo'ng'iroq qilingan – Maxachevning so'zlariga ko'ra, Jastin vazn tashlashdan qo'rqib, jangni qabul qilmagan. Lekin bu yagona sabab emas. Getji o'zini kamar uchun asosiy davogarlardan biri deb hisoblaydi va qisqa vaqt ichida jangga rozi bo'lib tavakkal qilishni va chempionlik uchun o'yindan chiqishni istamaydi.

Bu mantiqan to'g'ri: Getji engil vazn toifasida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, u ikki jangdan iborat g'alabali ceriyani davom ettirmoqda va Dastin Porega qarshi bahsdagi nokauti unga juda katta foydaga ishladi. U BMF kamariga ega ekanligini unutmang - agar jangchida bitta kamar bo'lsa, chempionlik bahsini talab qilish ancha oson.

Getji hali Maxachev bilan uchrashmagan. Islam revanshdan ko'ra o'z  rezyumesiga yangi nomlar qo'shishdan ko'proq manfaatdor ekanini bir necha bor aytgan. SHu bilan birga, Getji promoushenning eng ajoyib jangchilaridan biri bo'lib qolmoqda - 12 ta jang, 12 ta bonus! Maxachevning o'zi Getjiga chempionlik imkoniyatini berishga shoshilmayapti.

Maxachev uzoq vaqtdan beri yana bir vazn toifasida chempionlikni orzu qilgan. Uning so'zlariga ko'ra, ikki karra chempionlik aralash yakkakurashlar tarixida mustahkam o'rin olish demakdir. Dekabr oyidagi UFC 296 turnirida Leon Edvards yarim o'rta vazn chempionligi uchun Kolbi Kovingtonga qarshi jang qiladi - bu to'qnashuv g'olibi Maxachevning navbatdagi raqibiga aylanishi mumkin.

Nafaqat Islamning o'zi boshqa vaznga o'tishga qiziqadi, balki, raqib Kovington ham shuni xohlaydi. U har qanday vaziyatda Maxachevning jahlini chiqarishga harakat qiladi va uni vazn oshirishga faol undaydi. Kolbi Leon bilan to'qnashuvdan bir necha oy o'tgach Maxachev bilan jang qilishiga vada berdi: «Bu katta jang. Nazarimda, muxlislar bu bahsni ko'rishni xohlashadi».

UFC rahbariyati bu fikrga qarshi chiqishi mumkin - Maxachev va boshqa divizion yigitlari o'rtasidagi ikkita jang engil vazn toifasini to'xtatib qo'yadi. Maxachevning o'zi esa ikki karra chempionlik uchun kurashishiga ishonmoqda: «Mening orzuim - ikkinchi kamar uchun jang. Bu jangda chempionni mag'lub etishimga chin dildan ishonaman.

Bu yaxshi jang bo'lardi. Menga ularni mag'lub etish oson bo'ladi, deyolmayman. Bu katta yigitlarga qarshi qiyin janglar degani. Lekin men g'alaba qozonishimga ishonaman. Boshqa diviziondagi Volkanovskiyga imkoniyat berdim. SHuning uchun ular menga ham imkoniyat berishlari kerak».


Xorijiy saytlar asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing