So’nggi yangiliklar

19:01Уимблдон. Онс Жабер Элина Свитолинага ютқазиб қўйди 0 18:35Ўзбекистон Заурбек Сидаковга легионер бўлиш таклифи билан чиққани маълум бўлди 0 18:10Мбаппенинг "Реал"даги тақдимотига 80 мингдан ошиқ инсон ташриф буюради 0 17:45Уимблдон. Елена Рибакина Возняцкини "сочиб" ташлади 0 17:23"Уимблдон"да сенсация! Дунёнинг биринчи ракеткаси қозоғистонлик теннисчига ютқазди 0 17:01Ёш ҳамюртимиз Octagon 60 мусобақасида қозоғистонлик мағлубиятсиз жангчи билан тўқнаш келади 0 16:40Эшитдик-да! "Ланс" грузиялик футболчини ўз сафига қўшиб олади 0 16:19Боксчиларимиз катта таркибда Парижга жўнаб кетишди 0 15:54"Ҳумо" ўзбекистонлик хоккейчилар Жавоҳир Расулов ва Даниель Коган билан шартномани узайтирди 0 15:33Июль ойи бокс ва ММА мухлисларини аниқ зериктириб қўймайди! (Барча қизиқарли жанглар рўйхати) 0 15:10Кантедан ўзига хос рекорд 0 14:49Стрикленд: "Яқин орада UFCда америкаликлар қолмайди, русларни томоша қилиб ўтирамиз" 0 14:25Олимпиада сари: Тарихда илк бор камондан отиш баҳсларида қатнашамиз (Барча тафсилотлар) 0 14:02Райан Гарсия гиёҳванд моддалардан азият чекаётганини тан олди 0 13:39"Ал Ҳилол" 130 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр! 0

23 may 15:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz! Isroil Madrimov Kaneloga qarshi jang, kamarlarni birlashtirmoqchi ekanligi va boshqa mavzular haqida

Angliyaning nufuzli thefight-site.com nashri o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov bilan katta intervyu tashkil qildi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu intervyuni o'zbek tiliga tarjima qilgan holda etiboringizga havola qiladi. Demak, boshladik. 

Isroil Madrimov 2018 yilning noyabr oyida professional boksdagi debyutidanoq o'zgalardan ajralib turardi

Havaskor boksda 350-20 rekordiga ega bo'lgan o'zbek bokschisi haqida ko'p gap-so'zlar bo'ldi. Bunday natijadan tashqari u ko'p marotaba mamlakat miqyosidagi musobaqalarda g'alaba qozongan, 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida esa jahon chempionati kumush medali sohibi Abilxan Amankul va Eumir Marsiyallarni mag'lub etgan. SHuningdek, o'z vaqtida hozir jahon chempioni bo'lib turgan Gleb Bakshidan ustun kelgan, shuningdek Olimpiada chempioni Arlen Lopes ham taslim etilgan. Tan olish kerakki, bu natijalar o'ziga yarasha kuchga ega bo'lgan bokschi uchun hos hususiyatlardir.

Lekin bularning barchasi o'tmishda qoldi. Isroil Madrimov esa - kelajak.

Professional boksda beshta jang o'tkazganiga qaramay, o'zbek sportchisining kelajagi porloq ko'rinmoqda. Biz uning menejeri Alik Frolov yordamida u bilan intervyu tashkil qilishga muvaffaq bo'ldik. 

Qachon boks bilan shug'ullanishni boshlagan?

"Futbolni yaxshi ko'rganim uchun avvaliga futbolchi bo'lishni istardim. Lekin, 2005 yilda 10 yoshligimda boks zaliga borganimda ushbu sport menga yoqib qoldi. 2010 yilda meni terma jamoaga chaqirishdi va 2011 yilda faoliyatimdagi eng yirik musobaqa - Qozog'istonda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, kumush medalni qo'lga kiritdim. Bu men uchun katta tajriba edi. O'sha paytlari men murabbiyim To'lqin Qilichevdan ko'p narsa o'rganganman. U hayotimda muhim o'rin tutadigan insonlardan biri. Menga o'rgatgan barcha narsasi uchun minnatdorman". 


O'zbekiston boksining derjavaga aylanishi haqida

O'zbek boksining muvaffaqiyati aniq bir sabab emas, bir necha faktorlar sabab rivojlanib ketgan. Birinchidan, bu erda intizom kuchli. Agar siz xato qilsangiz terma jamoadan chetlatilasiz va raqobat kuchliligidan o'z o'rningizni qaytarib ololmaysiz. Har bir vaznda kuchli bokschilar bor. Men uchun asosiy raqib Mahmud Gaipov edi. Lekin biz yaqin do'stlarmiz va bir-birimizni doimo qo'llab-quvvatlaymiz. Bu muhim narsa. 

Bolaligimda jamoada biz doimo tomosha qilib, kuzatadigan etakchilar bo'lardi. Men tengilar uchun bunday bokschi Elshod Rasulov (jahon chempionatining uch karra sovrindori) edi. Keyin Hasanboy Do'smatov (Rio Olimpiadasi chempioni). Endi esa Bahodir Jalolov (JCH-2019 chempioni). Bunday sportchilardan ko'p narsa o'rganiladi. 

Mashg'ulotlar ham juda muhim. Bizning murabbiylar Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro'zioxunov va To'lqin Qilichev jahon miqyosida eng zo'rlaridan hisoblanishadi. Ular bizni doimo bor kuchlari bilan turnirlarga tayyorlashardi. Bu oson emas, lekin biz birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz. Qurbonov falsafasi bo'yicha biz g'olib bo'lamiz. SHuning uchun O'zbekistondagi boks muvaffaqiyati ko'plab jihatlarga bog'liq deb aytib o'tdim. 


Havaskor boksdagi eng qiyin raqib va kelajagi porloq bokschilar haqida

Abilxan Amankul va Eumir Marsiyalga qarshi qiyin janglar bo'lgan, lekin men ularni 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida mag'lub etganman. Marsiyal juda tezkor, Amankul esa tajribali. Har ikkisi ham kuchli jangchilar. 

O'ylaymanki, Abdumalik Xalakov yangi avlod bokschilari ichida eng kuchlisi bo'ladi, uning kelajagi porloq va u istedodli. Biz uning jangchi sifatida kuchayib borayotganini ko'ryapmiz va umid qilamanki, u vatanimiz g'ururiga aylanadi. 


SHunday yutuqlarga qaramay kamtarligicha qolishi, bosimni qanday engadi?

Bilasizmi, bu men uchun oson. CHunki men "special" emasman, o'z orzusiga erishish uchun ko'p mehnat qiladigan oddiy insonman. Atrofimda yaxshi jamoa to'plangani mening omadim. 

Men tug'ilib o'sgan Xivada yashash oson emasdi. Amerikadan butkul farq qiladi. Men oilada eng kattasi edim, shuning uchun bir qator majburiyatlarim bor edi. Masalan isinish uchun o'tin terib kelishim lozim edi, chunki isitish tizimi bo'lmagan. Eslayman, bir kuni qishning qoq o'rtasida kichik bola edim. Judayam sovuqligidan uxlay olmaganman va yig'laganman. Bizda tok va issiqlik yo'q edi. Men oilam sharoitini yaxshilash uchun Ollohdan so'radim va qattiq mehnat qildim. 

Otam doimo menga kamtar va ochiqko'ngil bo'lib qolish lozimligini aytib kelardilar. Ular har birimiz uchun Ollohning rejalari borligini aytganlar. Ushbu so'zlar yuragimda saqlanadi. Ular menga qaerdan chiqqanimni eslatib teradi. 

Ishonch-etiqodim men uchun juda muhim. Mening g'alabam ham, mag'lubiyatim ham Ollohning istagi bilan bo'ladi. Men o'z kuchimga ishonaman, chunki ko'p mehnat qilganman. Lekin Uning men bilan birgaligi menga kuch bag'ishlaydi. Din doimo birinchi o'rinda, undan keyin boks. Men hali orzularimni amalga oshirganim yo'q, oldimda uzoq yo'l turibdi. 


Olimpiadada ishtirok etadimi?

Men doimo vatanim sharafini himoya qilib kelganman. Agar mendan buni so'rashsa, bu men uchun g'urur. Lekin, hozir bu eng asosiysi emas, chunki kelajakda muhim janglar turibdi. Mening uslubim Bektemirnikiga qaraganda professional ringga mos tushadi. Men havaskor boksda ko'p narsa o'rganganman, bunday tajribadan xursandman, lekin bu mening asosiy vazifam emas. Ko'ramiz. 


Prof boks va Kaliforniyaga ko'chib o'tish

Butunjahon boks seriyasida ishtirok etib, uzoqroq davom etadigan janglar bo'yicha ozgina tajriba to'plaganman. U erda 7 ta jang o'tkazganman. To'g'risini aytsam, tezda moslashdim. Lekin, men etibor bergan narsa (Joel Dias bilan ishlashni boshlagandan so'ng) - mashg'ulotlar biroz uzoqroq, 20 ta aylana mashqlar va shunga o'xshash mashg'ulotlar. Lekin men murabbiyimga ishonaman, u men jamoa tarkibiga qo'shilgan ilk kunimdanoq oila azosidek qabul qildi. Men katta raqiblarga qarshi jang qilaman va ringda o'zimni yaxshi his qilaman. Bu erdagi mashg'ulotlardan zavq olaman. 

Amerika uyimdan keskin farq qiladi. Lekin bu erda jamoadoshlarim - Bektemir Meliqo'ziev, Bahodir Jalolov, SHahram G'iyosiv, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimovlarning borligi mening omadim. Endi ularning barchasi professional. Biz birgaligimiz muhim va endi jahon chempioni bo'lishga harakat qilamiz. O'zbekistonda bizni qo'llab-quvvatlayotganliklarini his qilib turibmiz. 


Kimga havas qilgani va uslubi ko'proq kimga o'xshashi haqida

"Men Kostya Czyu, Roy Jons, Emmanuel Ogastesning harakatlarini kuzatib katta bo'lganman, lekin eng yoqqani Golovkin. Biz do'stmiz va u Amerikaga borib, yulduz bo'lish mumkinligini ko'rsatgani uchun etiborga loyiq. Men uni ko'p kuzataman va u ikki marotaba Kaneloni mag'lub etdi. 

Men uslubim Golovkinning bosimi, Lomachenkoning ishlashi va Ogastesning ritmini birlashtirishini istayman. CHunki, ular aynan mana shu jihatlari bilan kuchli hisoblanishadi. Men ulardan ko'p narsa o'rganaman va o'z janglarimga ushbu uslublarni qo'shmoqchiman. Ularning barchasi buyuk jangchilar. 


Nima uchun aynan 154 funt (-69,8 kg)da raqobatni tanlagani

To'g'risini aytsam, menga 147 funtda (-66,67 kg) ham ishlash oson. 160-164 funt vaznda yuraman, shuning uchun qiynalmayman. Bazi yarimo'rta vaznli bokschilar, masalan Errol Spens xatto mendan ham katta. Lekin, men u vaznda bahslashishni istamadim, chunki asosiy maqsadim jahon chempionligi sovrinini yutish va u divizionda chempionlik jangida qatnashish juda qiyinligini bilaman. 

154 funt men uchun yaxshi - u erda ochiqlik bor, nomlar tezda o'zgaradi, shu bilan birga yaxshi jangchilar ham bor. Men ularni mag'lub eta olaman. Men o'zim istagan katta janglarni ushbu divizionda olmoqchiman. Vaqti kelib yarimo'rta vazndagi Spens, Garsiya kabi bokschilar ham ushbu vaznga o'tishadi va agar men chempion bo'lsam, katta ehtimol bilan ular menga qarshi to'qnash kelishadi. 



Keyingi jangni kimga qarshi o'tkazishni istaydi?

U Jeyson Rosario bo'lishini istayman. CHunki unda ikkita kamar bor (WBA va IBF). U yaxshi jangchi va Julian Uilyams ustidan g'alabaga erishdi. Lekin men unga qarshi jang qilishga tayyorman. Men debyutimdayoq kamar uchun jang qilib, tarix yaratishni istagandim. O'sha paytda biz WBO chempioni Mungiyaga qarshi Bivol - Paskal andekardida jang qilmoqchi edik, lekin raqib bunga qiziqish bildirmadi. Balki menda prof boksda o'tkazgan janglarim soni ko'p emasdir, lekin jamoadoshlarim menga yordam berishlariga ishonaman. 

(SHu payt menejer Alik Frolov u sakkiz oy ichida Rosarioga qarshi jang qilishini qo'shimcha qildi). 


154 funtda kim eng zo'ri ekanligi va ushbu vaznda eng qiyin raqib kimligi 

Fikrimcha, Lara (Erislandi). U juda tajribali, texnikasi kuchli, unga qarshi qiyin jang bo'ladi. Men uning jangchi sifatida hurmat qilaman. Bu qiyin jangligini bilaman va divizionning eng kuchlilariga qarshi jangda o'zimni ko'rsatmoqchiman. 

Divizionda Rosario, Uilyams, CHarlo, Xarrison kabi yaxshi bokschilar ko'p. O'ylaymanki, CHarlo CHarlo mendan jismoniy tomonlama kuchliroq. Lekin men bu raqiblarning barchasiga qarshi jangda o'zimga ishonaman, bu janglar tashkil qilinsa boks uchun ham ajoyib bo'ladi. Lekin Lara - men uchun eng yaxshisi. 


Kelasi besh yil uchun rejalari

Avvaliga birinchi chempionlik kamarimni qo'lga kiritmoqchiman, shundan so'ng kamarlarni birlashtirib, mutlaq chempion bo'lmoqchiman. Ushbu divizionda ajoyib janglar ko'p bo'ladi, chunki yaxshi jangchilar ko'p. Lekin men eng yaxshisi ekanligimni isbotlamoqchiman. SHuningdek, Errol Spens va Denni Garsiya kabi bokschilar 154 funtga ko'tarilishsa, ular bilan jang qilishni istardim. Agar 147 funtdagi bokschilardan kimdir men bilan jang qilishni istasa, muammo yo'q. Men yarimo'rta vaznga tusha olaman va biz jang qilishimiz mumkin. 

154 funtdagi maqsadimga etganimdan so'ng o'rta vaznga o'tishni istardim, lekin hozircha bu haqida o'ylayotganim yo'q. 160 funtga (-72,5 kg) chiqish uchun vaqt kerak, jismoniy tomonlama ham kuchayish kerak. Menga vazn yig'ish uchun vaqt kerak bo'ladi, chunki u erda kuchli jangchilar ko'p. Men qachonlardir o'rta vaznda ham sovrinlar uchun kurashmoqchiman. Kelajakda. 


O'zining eng asosiy jangini kimga qarshi o'tkazishni istaydi?

Kanelo. U buyuk jangchi va bu chorlov bo'ladi. Bu men kelajakda ko'rishni istagan jang bo'ladi. Kelajakda jahonning eng yaxshisi sifatida o'zimni ko'rsatmoqchiman. O'ylaymanki, 160 funt vaznda Kaneloga qarshi bo'ladigan jang juda yaxshi to'qnashuv bo'lardi. Lekin men u vaznga ko'tarilganimda Kanelo u erda bo'lmasligi ham mumkin. Ko'ramiz. Men uchta divizionda - 147, 154, 160 funtlarda jang qila olaman. Bu erda Spens ham bor. 


Kanelo bilan qanday jang qilmoqchi ekanligi haqida

Kanelo juda tajribali chempion, u Meyvezer, Golovkin, Kovalyov kabi kuchli bokschilar bilan jang qilgan. Lekin uni mag'lub etsa bo'ladi. Meyvezer, Lara va Forel uni qanday qilib mag'lub etish mumkinligini ko'rsatib berishgan. O'ylaymanki, oyoqda ishlashim unga muammolar tug'diradi. Dias meni yaxshi tayyorladi, murabbiylar reja ishlab chiqishgan. Mendan talab qilinadigan narsa, ringga chiqib, jang qilish. SHuning uchun, unga qarshi yaxshi jang qila olaman deb o'ylayman. 


Jangchi sifatida unga nima motivaciya bera oladi?

Boks bilan shug'ullanishni boshlaganda, ilk maqsadim oilamni taminlash bo'lgan. Vatanim shani men uchun juda muhim. Lekin pullar menga motivaciya bermaydi, menga tarix motivaciya bag'ishlaydi. Men eng yaxshilarga qarshi jang qilmoqchiman va tarix yaratmoqchiman. Odamlar Golovkinga o'xshagan bokschilarni ko'rib, unga o'xshashga harakat qilishgan. 20-30 yildan so'ng men ham odamlarda yaxshi taassurot qoldirishni istayman. Maqsadim - meni eng yaxshilar bilan jang qilgan va xech qachon sinovlardan qochmagan buyuk chempion sifatida eslab qolishsin. 


Jahonda kimlarni eng yaxshi bokschi va murabbiylar deb hisoblaydi?

Qiyin savol (O'ylanib). Men Terens Kroufordni aytgan bo'lardim. U bosim qila oladigan, har qanday poziciyada jang qila oladigan aqlli bokschi. Meyvezer esa hozir nafaqada. U himoyada juda yaxshi. Va albatta Lomachenko, Usik, Kanelo, Golovkin... Ular buyuk jangchilar. SHuningdek, yaqin orada O'zbekistondan ko'plab bokschilar o'zlarini ko'rsata boshlaydilar. Ular jahon chempioni bo'lishadi. 

SHaxsiy murabbiyim Joel Dias jahondagi eng yaxshisi! Men boshqa murabbiylarni xatto tanimayman ham, Diasga to'liq ishonaman va Kaliforniyada juda baxtliman. U meni cho'qqiga olib chiqa oladi. SHuningdek, O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari Marat Qurbonov, To'lqin Qilichev, Rahmatjon Ro'zioxunovlar ham zo'r. Ular o'zbek boksining bugungi muvaffaqiyati sabab etirofga loyiq. 

Kelajakda Britaniyada jang qilishni istashi haqida

Albatta, britaniyalik muxlislar jahondagi eng zo'rlaridan biri hisoblanishadi, u erda katta tarix bor. Ular ko'z o'ngida yodda qolarli jang o'tkazish men uchun sharaf bo'lardi. Men Britaniyada Liam Smit va Kell Brukka qarshi jang qilishni istardim, ularning har ikkisi ham men uchun yaxshi raqib bo'la oladi.


Muallifdan hulosa 

Intervyudan olgan taassurotim shu bo'ldiki, Isroil Madrimov o'z istedodiga va atrofdagilarga ishonadigan oddiy odam. U yaqinlariga juda ishonadi. U har bir raqib haqida hurmat bilan gapirdi va ularning istedodini tan oldi. O'z maqsadlari haqida aniq gapirib berdi. Biz bunday gaplarni ko'p bokschilardan eshitganmiz, lekin Madrimov o'zini boshqacha tutadi. Uning kamtarligi va g'ururi o'ziga masuliyatni ola biladigan, o'z nomini tarix darsliklariga yozdirib qo'yishga tayyor odamni eslatadi. Men Madrimovning faoliyati qay tarzda kechishini sabrsizlik bilan kutyapman va umid qilamanki uni yaqinda Londonda ko'raman. 

Intervyu muallifi: Taylor Xiggins

Ingliz tilidan Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

   
23 may 23:32:52
WORKOUT
Isroilni koproq Alvarezga o'xshatgan bolardim ortiqcha harakat yoq har bir zarbasi zarba kuchiga ega faqat oyoq harakatlari aytmaganda Golovkinga ikki qolda ham bir hil ishlashi oxshaydi ulardan kora Isroilni harakatlari rang barang hullas Isroilga omad
   
23 may 20:31:30
Judo 1
Isroil shu kamtarlik hamda qattiq mehnat senga ulkan muvaffaqiyat olib keladi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing