So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

31 dek 12:43
Yangiliklar

Boks/MMA

TAVSIYA QILAMIZ! MMA tarixidagi ilk "ojizalar" to'qnashuvi

Teglar :  MMAJina Karano
Kamdan-kam holatda uchraydigan ikki qismat vakillari…

Yuqoridagi rasmda vertolyot fonida rasmga tushayotgan ayol - Jina Karano. Ko'ylakdagi Karano qimmatbaho mashinadan tushib keladi va o'zining nafis bo'yanishini mashq qiladi. Bu qandaydir brend reklamasi emas, balki 2009 yil San-Xoseda bo'lib o'tgan Strikeforce turniring asosiy jang ishtirokchilarining tanishtiruv marosimi edi. Aynan shu tariqa MMA tarixida ilk bor ayollar to'qnashuvi sodir bo'lgan. 

O'sha paytlar ajoyib edi. Translyaciyada tomoshabinlardan kelgan SMS orqali jangning yakuniga qo'ng'iroq qilish so'ralgan. Tomoshabinlarning 41 foizi uchta, 31 foizi ikki va 14 foizi to'rt tur uchun ovoz berdi. Birinchi va beshinchi turlar mos ravishda 8 va 6 foiz ovoz to'pladi. 

Intervyularda Karano yoqimli tabassum bilan savollarga javob qaytaradi. MMA tarixida kamera qarshisida o'zini yaxshi tuta oladigan sportchilar kam bo'lgan. Jinaning murabbiyi UFC olamidagi yana bir taniqli shaxs Redi Kuture edi. Yodingizdami, 2009 va 2010 yillarda Lionel Messi "Oltin to'p" topshirish marosimida ko'ylakda o'zini qanday noqulay his qilgan bo'lsa, Gina bo'yanish orqali o'zini chiroyli qilishi unga shunday noqulaylik yaratadi. 

Mutaxassislarning taxminiga ko'ra, muvaffaqiyatli bo'lish uchun Jina oldingi zarbalar yoki zarbalar bilan masofani nazorat qilishi, shuningdek, o'ng qo'lini keng traektoriyasiz tekis chiziqqa tashlashi kerak. Justino debyut jangida oktagonga qarsaklar va sharhlovchilar erkak jangchilarni tariflagandek ohanglar sadosi ostida kirib keladi. 

Jinaning raqibi Kiborg jangni tezkorlik bilan boshlab, 10-soniyada Karanoni parterga ag'daradi. Allaqqachon 20-soniyada Justino oyog'ini qulflashga urindi. Muvaffaqiyatsiz urunish, ammo Karanoning dahshatli tushi davom etardi, chunki u tizzasida turgan holatida bir nechta zarbalar qabul qilib oladi. Jinaning birinchi kuchli zarbasi uning 3 ta shu kabi zarbani qabul qilib olgach kuzatildi. Keyin kurashning burilish nuqtasi sodir bo'ldi. Karano jangni o'z foydasiga o'zgartirishni boshladi. Ammo uning zarbalari u qadar sezilarli emas edi. Murabbiylari Karanoga masofani saqlab urushish bo'  yicha ko'rsatmalar berdi. U klinchga kiradi va undan chiqish jarayonida raqibasiga chap jeb kombinaciyasini amalga oshiradi. Justino birinchi bo'lib ortga qadam tashlaydi va tanaffus oladi. Yangi almashinuvda u Karanoning zarbasini tutib, tanasiga bir nechta zarbalar berishga muvaffaq bo'ldi. Kiborg faqatgina Jinani urishdan charchagach, ortga chekindi va qaytish jarayonida Karaano o'zining super zarbasini berdi. Ushbu zarba Justinoning himoyasiga tegdi, biroq o'ta kuchli ekanligi bois u masofani yaqinlashtirishga o'tdi. 

Birinchi raund tugashiga ikki daqiqa qolganida, Karanoning imkoniyatlari juda pasayib ketadi. U himoyani yaxshilab, kuchliroq qarshilik ko'rsatish taktikasiga o'tadi. Jinaning zarbalarida kuch qolmagandi, bu kabi manzilsiz zarbalar fonida Justino "Terminator" yanglig' oldinga intilardi. Dastlabki raundning so'nggi daqiqasida jang yana parterga ko'chdi. CHiroyli g'alaba qozonish uchun qilingan urinishlar nihoyat qo'pol tajovuz va chalqancha yotgan Karanoga pastga zarbalar uchun yo'l ochadi. 

Nihoyat, Karano javob berishni boshladi, hakam jangning tugashi haqida sirena yangraganidek bahsni to'xtatdi. Justino g'alabani nishonlayapti, lekin duelning to'xtab qolganidan norozi yoki braziliyaliklarga nisbatan dushmanlik qilayotgan muxlislarga duch keldi. Yakuniy qarorlar Karano kuchli zarbalar berganini aks ettirmadi. Kiborg tik turgan holda 36 ta (Jina 24 ta) va parterda 11 ta zarba (Jina 8 ta) bergani ochiqlandi.

O'sha jangdan so'nga Karano va Justino o'z yo'llaridan ketdi. Buning aksini tasavvur qila olmaysiz - braziliyalik Kiborg Amanda Nunesga mag'lub bo'lguniga qadar 10 yil jang qildi va yutqazmadi. Karano bo'lsa MMA`da boshqa jang qilmadi va aktrisalik faoliyatini rivojlantirdi. Uning qaytishi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi, biroq bular mish-mishligicha qoldi.

O'sha jangdan oldin Karano haqiqiy yulduz sifatida qabul qilingan. U turnirda boshqalardan bir necha marotaba ko'p daromad qilgan. Rasmiy malumotlarga qaraganda, u o'sha jangda 125 ming dollar pul ishlagandi. Strikeforce turniri Showtime tarmog'i uchun rekord bo'ldi, oqshomning asosiy jangini 850 mingdan ortiq inson tomosha qilgandi.

Bugungi kunda 38 yoshli Kiborg MMA sahnasida hukmronlik qilishda davom etmoqda. 41 yoshli Karano esa bir nechta unutilmas filmlarda suratga tushishga ulgurdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing