So’nggi yangiliklar

22:29Breaking: Наоя Иноуэ Муроджон Аҳмадалиев билан жанг қилишга рози бўлди 0 19:31Раунтри Перейрага қарши жанг ҳақида: "Нокаут пайти ҳам бахтиёр эдим" 0 19:08Генри Сехудо уч ой ичида қайтади 0 18:39Окленд (WTA 250). Осака 1/4 финалда, Кенин матчболдан фойдалана олмади 0 18:17WWE Raw Neflix турнири карди маълум, унда собиқ AEW юлдузи дебют қилади 0 17:53Кварацхелиянинг "Наполи"даги маоши 4 бараварга ошади 0 17:21Махачевнинг менежери: "Ислам Алекс Перейрани таслим бўлишга мажбур қилади" 0 16:57United Cup. Ғалаба ҳам Австралияга ўз уйидаги турнирда ёрдам бермади 0 16:32Кирилл Капризов МХЛнинг 2024 йилги энг яхши "снайпери" бўлди 0 16:06Transfermarkt 2025 йилнинг ёзида эркин агентга айланадиган энг қиммат футболчилар рейтингини тузди 0 15:42Фрэнсис Нганну ватандоши Самуэль Это'О билан учрашди + ФОТО 0 15:08Умар Нурмагомедов Мераб Двалишвилига қарши жанги бекор бўлиши мумкинлигига шаъма қилди 0 14:44Hong Kong Tennis Open. Карен Хачановда аламли мағлубият 0 14:19Жозе Моуринью фаолиятидаги энг катта хатосини айтди 0 13:54Армен Петросяннинг навбатдаги жанг тафсилотлари маълум 0

20 dek 17:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz: Qozog'iston boks va MMAsining O'zbekistonda tug'ilgan ajoyib besh yulduzi + FOTO

O'zbekistonda tug'ilgan, ammo Qozog'iston sharafini himoya qilayotgan boks va MMA vakillarini bilasizmi?

Boks bo'yicha 2021 yilgi jahon chempioni, Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindori Saken Bibosinov YouTube'dagi «Kyzyk Live» dasturiga bergan intervyusida O'zbekistonda tug'ilgani haqidagi bayonoti mahalliy sport muxlislari orasida katta rezonans va mish-mishlarga sabab bo'ldi. Darhaqiqat, ko'plab mutaxassislar bu malumotni oldindan yaxshi bilishgan, ammo, Vikipediya hali ham ishonch bilan bu bokschining Turkistonlik ekanligini davo qilmoqda.


Ikki qo'shni davlatni ko'p narsa bog'lab turadi. Aslida o'zbek va qozoq qardosh xalqlardir

Bir paytlar Qarag'anda viloyatidagi Abay nomidagi boks maktabi tarbiyalanuvchisi, og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi bo'yicha chempion Oleg Maskaev 1993 yilgi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan. So'nggi yillarda esa bu jamoa sharafini etnik qozoqlardan Elnur Abduraimov va Madiyar Saidrahimov himoya qilishdi.

O'z navbatida Baxit Sersekbaev O'zbekiston terma jamoasi safida Osiyo chempioni va Osiyo o'yinlarining bronza medali sovrindori bo'lgan, keyinchalik Qozog'iston terma jamoasi safida Pekin Olimpiadasi chempionligini qo'lga kiritgan. Bu bokschi umrini ikki davlat tutashgan joyda o'tkazgan – u Pavlodarda tug'ilgan, ammo shundan so'ng uni bobosi va buvisi Toshkent viloyatining Tavaksoy qishlog'idagi maktabga tarbiyalashga topshirgan. Bu qishloq 1956 yilda Janubiy Qozog'iston viloyatining sobiq Bo'stonliq tumani tarkibidan O'zbekiston hududiga o'tkazilgan.


Bu ro'yxatning birinchi o'rnida marhum Abdisalan Nurmaxonov bo'lishi kerak.

Surxondaryo viloyati, SHo'rchi tumani, Kultafa qishlog'ida tug'ilgan Abdisalan Nurmaxanovich o'sha erda maktabga bordi. Keyinchalik oilasi bilan Turkistonga ko'chib kelgan. 1968 yilda u Qozog'istonlik bokschilar orasida birinchi bo'lib SSSRda xizmat ko'rsatgan sport ustasi unvoniga sazovor bo'ldi. Nurmaxanov Sovet Ittifoqi terma jamoasi azosi bo'lgan. U Qozog'iston SSRning 11 karra chempioni, ikki marta SSSR chempionatining kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan. 1996 yilda Atlantada bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida Qozog'iston terma jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlagan. 

2002 yilda u Olma-Otadagi Vaqtinchalik avtoturargohlar boshqarmasi bo'limi boshlig'i bo'lib ishlaganida o'z uyi oldida otib o'ldirilgan. Janubiy poytaxt va Turkistondagi ko'chalar Abisalan Nurmaxanov nomi bilan atalgan.


SHavkat Rahmonovni esa sport muxlislariga tanishtirishning hojati yo'q. 

Surxandaryo viloyatining SHo'rchi tumanida tug'ilgan, 16 yoshida oilasi bilan Qarag'andaga ko'chib o'tgan va u erda aralash yakkakurashlar bilan shug'ullangan. 2014 yilda u M-1 Global musobaqasida debyut qilgan, 2020 yilda esa sayyoramizdagi eng nufuzli MMA promousheni – UFC'da ilk jangini o'tkazgan. Ayni paytda u 14 ta professional jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan va bu g'alabalarning hammasi muddatidan oldin erishilgan. Jumladan - UFC shafeligida 2 ta jang. Ikkalasi ham braziliyaliklar bilan.

Qoraqalpog'iston poytaxti Nukus shahrida tug'ilgan Adilbek Niyozimbetov boks bilan Aktauda shug'ullana boshlagan.

Va u ushbu sport turida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2015 yilgi Osiyo chempioni va 2014 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi, ikkita Olimpiada kumush medali (London-2012 va Rio-de-Janeyro-2016) va jahon chempionatlarida (Baku-2011 va Olma-Ota-2013) gi kumush medallari bilan maqtanishi mumkin. U boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi sardori bo'lgan.


Erdos Janabergenov

Qoraqalpog'istonning Xo'jayli tumanida Adilbekdan 5 yil oldin tug'ilgan. Uning oilasi ham Aktauga ko'chib o'tgan. 8 yoshidan boks bilan shug'ullangan. 20 yoshida Qozog'iston chempioni, 21 yoshida jahon va Osiyo chempionatlarida g'olib chiqqan. Darvoqe, u 27 yoshida harbiylar o'rtasidagi jahon chempionatining oltin medalini ham qo'lga kiritdi.


Va albatta, bu materialning yozilishiga turtki bo'lgan - Saken Bibosinov.

Jang sanati, jumladan, boks bilan ham O'zbekistonda shug'ullana boshlagan va 13 yoshida Qozog'istonga, Qizilo'rda maktab-internatiga o'qishga ketishga qaror qilgan. SHundan so'ng Turkistonga ko'chdi. 2019 yilda bu bokschi Ekaterinburgdagi jahon chempionatining yarim finaliga qadar etib bordi va Belgraddagi dunyo birinchiligida chempionga aylandi. Olimpiya o'yinlarining bronza medaliga ham ega chiqdi.

Albatta, O'zbekistonda tug'ilgan va Qozog'iston sport sharafini himoya qilayotgan jangchilar ro'yxati bu ajoyib beshlik bilan tugab qolmaydi. Masalan, professional bokschi Ualixon Bisenqulov, MMA jangchisi Erkin Darmenov va boshqalarni ham eslash mumkin. Ammo qolganlarning fonida, bu besh nafar sportchi, ehtimol, eng katta muvaffaqiyatlarga erishgan.


Sports.kz saytidan Olamsport.com sayti uchun Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

+1   
20 dek 18:05:03
Адекват
Лекин козок матбуоти хеч качон козокда тугилиб Узбекистон шарафини химия килаетган спортчилар тугрисида тем более бундан фахр ифтихор билан езмайди. Бизникиларни эса багри кенг....
   
20 dek 21:15:52
Ibroxim
Шавкат Рахмонов жуда кучли мма жангчиси экан тан бериш керак хали маглубият йук.Ундан ташкари Жалгас Жумагулов хам бор унда хам маглубият йук ufc да.Биз эса битта махмуд мурадов билан макттаниб юрамиз шуям битта маглубиятга улгурди )))
   
20 dek 19:19:05
CHELSEA2211
Biznikilar maqtanishga tushubdiku darrov...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing