So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

07 iyu 16:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz. Qozoq SHavkat Rahmonov - mukammal UFC yulduzi!

Teglar :  SHavkat Raxmonov
SHavkat Rahmonov jangdan bosh tortmaydi, hammani ketma-ket engadi.

16 sentyabr kuni Las-Vegasda navbatdagi UFC Fight Night turniri bo'lib o'tadi va unda asosiy bahs Aleksa Grasso hamda Valentina SHevchenko o'rtasida kechadi. Undan avvalgi jangda esa qozog'istonlik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan SHavkat Rahmonov amerikalik Kelvin Gastelumga qarshi oktagonga chiqadi.

Rahmonov  yarim o'rta vazn toifasidagi qora ot va tabiiyki, divizionning amaldagi chempioni Leon Edvards uchun jiddiy xavf tug'diradi. SHavkat UFC'dagi debyutini 2020 yil 24 oktyabrda o'tkazdi. U 12:0 hisobidagi rekord va M-1 Global chempioni sifatida birinchi ligaga chiqdi. Uch yil ichida Rahmonov besh marta g'alaba qozonib, reytingda yuqoriladi va ayni paytda oltinchi pog'onani egallagan holda kuchli beshlikka yaqin turibdi.

Yarim o'rta vazn haqida gapiradigan bo'lsak, ko'plab aralash yakkakurash ustalari muxlislari Xamzat CHimaev nomini darhol eslashadi. BORZ UFC'ga bo'ron kabi bostirib kirdi va hammani va hamma narsani yirtib tashlashga tayyor edi. Ammo keyin uzoq vaqt to'xtab qoldi. CHimaev tashkilotdagi faoliyatining boshidagi haqiqiy jangchidan ko'ra ko'proq internet jangchisiga aylandi.

SHavkat esa Xamzatning mutlaqo aksi. Qozog'istonlik MMAchi barcha janglarni qabul qiladi, ijtimoiy tarmoqlarda juda kamtar. SHu bilan birga, Rahmonov nafaqat muntazam ravishda jang o'tkazadi, balki g'alaba qozonadi va buni yorqin tarzda amalga oshiradi. SHavkat ikki martagina UFC bonusisiz qolgan.

Yana ikkita jangda Rahmonovning raqiblari vazn toifasiga kirmagan bo'lsa-da, SHavkat bu bahslardan ham bosh tortmadi: u oraliq vaznda jang qildi. Boz ustiga, u hech bir jangini hakamlar qarorigacha qoldirmagan: Rahmonov UFC'dagi barcha g'alabalarini muddatidan avval qo'lga kiritgan.

Mana shunday statistik malumotlar va mana shunday yorqin janglar bilan Dana Uayt va machtmeykerlar yana SHavkatga kuchli 5 talikdan bo'lmagan raqibni tanladilar. Va aniqrog'i, umuman reytingda yo'q jangchini. Garchi Kelvin Gastelum ko'p narsalarni boshdan kechirgan jangchi bo'lsa-da... U SHavkatdan etti yil oldin yarim o'rta vazn toifasi bilan UFC'da debyut qilgan. Israel Adesanyaga qarshi o'rta vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik jangigacha borgan. Bu uning faoliyatidagi eng og'ir to'qnashuvlardan biri edi. Kelvin shundan so'ng oxirgi etti jangining beshtasida mag'lubiyatga uchradi va buning natijasida amerikalik yana yarimo'rta vaznga qaytishga qaror qildi.

Gastelumni yangi - eski divizionda kutib olish SHavkat Rahmonovning chekiga tushdi. Ha, Rahmonov kuchli 5 talikdan biri bilan jang qilishga haqli edi, lekin vaziyat SHavkat foydasiga emas edi. Gilbert Byorns jarohat oldi, Xamzat CHimaev tushunarsiz vaziyatda, Kolbi Kovington Leon Edvards bilan chempionlik jangini kutmoqda, Byornsni mag'lub etgan Belal Muhammad esa voqealar rivojini shunchaki kuzatish bilan band va chempionlik uchun ham umid qilmoqda.

SHu tufayli SHavkat yana pastga qarashga majbur bo'ldi, bu safar hatto reytingdan ham pastroqqa. Ehtimol, bu u qadar ham yomon emasdir. Gastelum - UFC'da haqiqatan ham mashhur va taniqli jangchi. Uning ustidan qozonilgan g'alaba va agar u ham yorqin, shuningdek, muddatidan oldin bo'lsa, Rahmonovga kuchli 5 talik vakillari bilan jang olib beradi. Balki, yuqori 5 likdan joy egallashi ham mumkin. SHunda raqiblarga Rahmonovdan qochish va uni sezmay qolish qiyinroq bo'ladi: SHavkat chempionlik jangi sari qatiy harakat qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing