So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

28 jan 18:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

TAVSIYA QILAMIZ: Taysonning muxlisi, uslubi Muhammmad Aliga o'xshash bo'lgan Fyuri nega hamon engilmas?

17 fevral kuni Saudiya Arabistonida zamonamizning eng kutilgan boks to'qnashuvlaridan biri bo'lib o'tadi.

Superog'ir vaznda WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri IBF, WBA va WBO kamarlari egasi sanalmish Aleksandr Usik bilan ringda bahs olib boradi. Ushbu jang g'olibi 4 ta kamarni birlashtirgan holda mutlaq jahon chempioniga aylanadi. Tayson jahonning eng yaxshi og'ir vaznli jangchilaridan hisoblanadi. Aynan britaniyalik bokschi Vladimir Klichkoning 11 yillik gegemonligini to'xtatgan edi. «Lo'lilar qiroli» eng yaxshi nokautchi bo'lmish Uaylderga qarshi ilk duelda durang qayd etib, revansh jangida uni nokautga uchratib, trilogiyada ham 11-raundda mag'lub etganini takidlash lozim. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Deontey haligacha o'ziga kela olgani yo'q. Xo'sh, Fyurining nimasi kuchli?


Tayson Fyuri 1988 yil 12 avgust Buyuk Britaniyada tug'ilgan. Qizig'i shundaki, Tayson muddatidan avval dunyoga kelgan. Tug'ilgan payti u 450 gramm og'irlikda bo'lgan. Britaniyalik bolaligidan boks bilan shug'ullana boshlagan. Uning otasi ushbu sport turini juda yaxshi ko'rgan hamda Mayk Tayson sharafiga o'g'lining ismini Tayson deb qo'ygandi. «Lo'lilar qiroli» amakisi Piter Fyuri bilan birga mashg'ulotlar o'tkazar edi. U havasorlar o'rtasida Irlandiya va Angliya terma jamoalari sharafini himoya qilib, yoshlar o'rtasida Evropa chempioni hamda jahon chempionati sovrindori bo'lgan. Fyuri Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishga harakat qilib ko'rdi, biroq bu ishni uddalay olmadi. SHundan so'ng Tayson professional boksga o'tishga qaror qildi. U prof boksda dunyoga mashhur bokschiga aylandi. 35 ta jang 34 g'alaba (24 nokaut) va bir durang. Britaniyalik jangchi haligacha mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelmoqda. 

Avvalo, Fyurining o'lchamlarini alohida qayd etish lozim. Taysonning bo'yi 205 sm. Frensis Ngannu bilan so'nggi jangidagi vazni esa 126 kg edi. SHuningdek, janglar oralig'ida uning vazni 150 kg dan ham oshib ketgan, o'zining so'zlariga qaraganda bir marta hatto 180 kg ga etgan. «Lo'lilar qiroli»ning qo'li 216 sm ekanligi diqqatga sazovor holatlardan biri. Bu ko'rsatkich unga deyarli har bir jangida asqatadi va bundan doim mohirona foydalanadi. Britaniyalik masofadan turib janglarini nazorat qiladi. Fyurining oldingi qo'li mudom pastga tushuriladi. SHu bilan birga u kerakli vaqtda yashin tezligida uchib borib, nishonga tegadi. Taysonning zarbalari kuchli quroli hisoblanadi. U doim poziciyasini o'zgartiradi, shuning uchun uning zarbalari turli nuqtalardan keladi va raqiblarining moslashishiga imkon qoldirmaydi. 

Fyurining bir qo'li boshining oldida turadi hamda raqiblaridan kelgan mushtlarni bartaraf etadi. SHundan keyin raqibining muvaffaqiyatsiz urunishidan so'ng o'zi qarshi hujumga o'tadi. O'zining ajoyib o'lchami va qo'shimcha vazniga qaramay, Tayson oyoqlarida yaxshi ishlay oladi. Bu uning vazn toifasida hayratlanarli holatlardan biridir. U ring bo'ylab havas qiladigan darajada osonlik bilan aylanib yuradi. Bu hatti-harakatlar sizga bevosita Muhammad Alini eslatadi. Ushbu jarayon Fyuriga noqulay vaziyatlardan tezda chiqib ketishga yordam beradi. Bu usul Uaylderga qarshi jangda yaqqol sezildi va u Deonteyni osonlik bilan «er tishlatdi». 

«Lo'lilar qiroli» o'zining ajoyib harakatlariga doimiy tarzda tana harakatini qo'shadi. Tayson ko'p nayrang ishlatadi va zarbalarsiz ko'p ishlarni bajaradi. Bu ham unga ustunlik beradi. Britan bokschisi o'zning tana harakatlari orqali raqiblarini oyoqqa turg'izadi, ularning hujumlarini tayyorlashiga to'sqinlik qiladi. Albatta, tana bilan ishlash mudofaada yordam beradi: uning nostandart qiyaliklar va sho'ng'ishlari bizga yana o'sha Muhammad Alini eslatadi. Yaqqol o'xshashlikni Fyurining engilmas Tom SHvarcga qarshi jangida ko'rish mumkin. Ikkinchi raund oxirida nemis jangchisi uni burchakka qadab olib, o'nlab zarbalar berdi. Tayson o'sha lahzada shu qadar nafis himoyalandiki, SHvarcning zarbalari faqat havoga sovuriladi. Ali va qahramonimiz uslublari o'rtasidagi o'xshashlik haqida gapiradigan bo'lsak, britaniyalik bularning barchasini qanday qilib shunday o'lcham bilan amalga oshirayotganining o'zi ajablanarli. U The Greatest’dan 15 sm uzunroq, vazndagi farq esa 30 kg.


Bulardan tashqari Fyuri ajoyib boks IQ’ga ega. Britaniyalik raqiblarini yaxshi tushunadi va ularni oldindan o'qiydi, moslashishni biladi. Tayson kim bilandir birinchi raqamli bo'lib ishlaydi, raqibiga bosim o'tkazadi, kimdir bilan esa aksincha, ikkinchi raqamli bo'lib ishlaydi, raqibiga imkon beradi va keyinchalik jangni o'z foydasiga hal qiladi. Umuman olganda, qahramonimizning asosiy xavfli qurollaridan biri bu – klinch. U raqiblarini shunchaki quchoqlamaydi, balki tom manoda osilib oladi va shu tariqa «dushman» kuchini so'rib oladi. Masalan, Uaylderga qarsha trilogiyada uni qiyin ahvolga tushirib qo'ydi, Deonteyga bor kuchi bilan ishlashiga yo'l qo'yib bermadi. Qolaversa, «lo'lilar qiroli» klinch holatida barcha «iflos» ishlarni sinab ko'radi. Misol uchun raqib boshining orqa qismiga urish, elka yoki boshi bilan zarba berish shular jumlasidan. U hammasini shu qadar ayyorlik orqali bajaradiki, hakamlar buni payqamay qoladi.


Xorijiy saytlar asosida Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing