19 iyu 19:11
Yangiliklar
Gimnastika

Taxmina Ikromova Universiada oltin medalini qo'lga kiritdi
O'zbekiston sport delegaciyasi Germaniyada davom etayotgan yozgi Universiada o'yinlaridagi ilk oltin medaliga ega bo'ldi.
Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova yakkalik bahslarning halqa (obruch) yo'nalishida 29, 850 ball bilan Universiada o'yinlari chempioniga aylandi. Germaniyalik Anastasiya Simakova kumush, vengriyalik Fanni Pignichki bronza medali bilan taqdirlandi.
1. Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 29.850
2. Anastasiya Simakova (Germaniya) - 29.150
3. Fanni Pignichki (Vengriya) - 27.200
Bu Taxminaning ushbu musobaqadagi ikkinchi medali bo'ldi. U ko'pkurash dasturida kumush medalga sazovor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar