13 jan 18:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Tay Tuivasaning Marchin Tiburaga qarshi jangi boshqa sanaga ko'chirildi
Avvalroq, og'ir vazndagi jangchilar - Tay Tuivasa hamda Marchin Tibura 19 fevral kuni UFC 298 turniri doirasida to'qnash kelishi haqida xabar bergan edik.
Biroq UFC bu jangni boshqa sanaga ko'chirdi.
Endilikda og'ir vazn toifasi reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Tay Tuivasa (15-6-0) hamda Polsha vakili Marchin Tibura (24-8-0) jangi 17 mart kuni UFC Vegas 87 turniri doirasida o'tkaziladi.
Jang musobaqaning markaziy jangi bo'ladi va 5 raund davom etadi.
Havola :
Manba : twitter.com/MarcelDorff
Fikrlar