08 sen 19:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri boksdan ketishi haqida: "Baribir menga hech kim ishonmaydi"
Superog'ir vaznda WBC kamari sohibi Tayson Fyuri boksdan ketishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Istefoga chiqaverib, charchadim. Besh oy avval ringga chiqqanimdan so'ng, qaytadan o'ylab ko'rdim. Baribir menga hech kim ishonmaydi, yo bunday emasmi? Bu ajoyib edi. Lekin superog'ir vaznda jahon chempioni bo'lishingiz uchun hech qachon sizdan hech narsa talab qilinmaydi. Men boksni yaxshi ko'raman. Uni sevaman", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi Maykl Benson.
Fyuri so'nggi bor 24 aprel kuni Dillian Uayt bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Yaqinda uning Usik bilan fevral oyida jang qilishi haqida xabarlar chiqqan edi, ammo Tayson shu yilning o'zida Entoni Joshua bilan jang qilishni xaohlayotganini aytdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar