06 sen 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Endi Ruisni tabrikladi, Ruis esa Fyuriga minnaddorchilik bildirdi
Kecha Los-Anjelesda katta boks oqshomi bo'lib o'tgan edi.
Ushbu boks oqshomining markaziy jangida amerikalik Endi Ruis kubalik Luis Ortisni 12 raundlik ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Tabriklayman, bro", - deya Ruisga murojaat qilgan Fyuri o'z tvitter sahifasida.
"Rahmat sizga, og'ayni", - deya unga javob bergan amerikalik bokschi.
Avvalroq, Tayson Fyurining Entoni Joshuani jangga chorlagani haqida xabar bergan edik. Britaniyalik bokschi fevral oyigacha Aleksandr Usikni kutib o'tirish niyatida emas. Usik esa bu yil boshqa jang qilish niyatida emasligini bildirgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar