16 iyu 08:10
Yangiliklar

Tayson Fyuri "eski tanishi" Uaylder haqida fikr bildirdi
Uaylderning o'zi Fyuriga qarshi uchinchi jangda mag'lub bo'lganidan so'ng boksni tark etishi mumkinligi haqida aytgan edi. Ammo, keyinchalik to'xtash niyatida emasligini malum qildi.
"Uaylder juda xavfli jangchi. O'ylaymanki, agar u istasa, har qanday raqibni nokautga uchrata oladi. U ruhiy va jismoniy taraflama halok bo'lgan. Men uni ayanchli ahvolda degan bo'lardim. Uning jag'i va bosh suyagi singan. So'nggi ikki jangda u nokautga uchragan. Uning uchun qaytish oson bo'lmaydi.
Men uning faoliyati davom etishini istamasdim. Unga pul kerak emasligini bilaman. Uning boksdan ketishini maqul ko'raman. Sababi, Uaylder yana g'alaba qozonishiga ishonchim komil emas. U o'z davrining eng zo'r jangchisiga yutqazgan va buning uyaladigan joyi yo'q. Agar u qaytib kelib polni artishni boshlasa, bu sharmandali bo'ladi", - dedi Fyuri.
Fikrlar