26 noy 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/192719_220.jpg)
Tayson Fyuri: "Keyingi jangimni Usikga qarshi, barcha kamarlar uchun o'tkazmoqchiman"
Og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri keyingi jangini WBA, IBF, WBO va IBO chempioni Aleksandr Usikga qarshi o'tkazish niyatida ekanini aytdi.
"Fevral oyida jang o'tkazishimga ishonyapman. Tarixda birinchi marta og'ir vazndagilar orasida ikki hil jinsli bokschilar chempionlik jangini o'tkazish niyatidaman. SHunday SHou tashkil qilish niyatidaman.
Mening raqibamning bo'yi baland va go'zal bo'lishi kerak. Savanna Marshal mos tushishi mumkin. Og'ir vazndagilarning ko'pchiligi kichkina bokschilar. SHuning uchun bo'yi baland jangchi kerak. Savanna jahon chempioni, men ham chempionman (kulib qo'yadi).
Jiddiy gapiradigan bo'lsam, Joshua menga yo'lni bo'shatishini xohlardim. Keyingi jangimni Usikga qarshi hamma kamarlar uchun o'tkazishni xohlayman. SHundan so'ng, Joshua g'olib bilan jang qilaverardi", -deydi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : BBC Boxing
Fikrlar