06 sen 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri navbatdagi jangi haqida qachon malum qilishini aytdi
Boks bo'yicha superog'ir vaznda jahon chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangi bo'yicha rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Usik Entoni Joshua bilan ohirgi jangidan so'ng meni jangga chorladi. Men bu jangni shu yilning o'zida tashkillashtirishni aytdim. Men taklifni kutdim, Usik bu yil boshqa jang qilmoqchi emasligini aytdi. U keyingi yilda jang qilmoqchi. Men hech kimni kutmayman. Navbatdagi jangim haqida kelgusi hafta malum qilaman", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi Daily Mail nashri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri so'nggi bor 24 aprel kuni Dillian Uaytga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi. Usik esa so'nggi jangini 21 avgust kuni Entoni Joshuaga qarshi o'tkazib, g'olib bo'ldi.
Avvalroq, Usik — Fyuri jangi fevral oyida o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar