21 okt 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri Ngannu bilan jangdan keyingi rejalari bilan bo'lishdi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri MMA jangchisi Frensis Ngannu bilan jangdan so'ng yana o'nta jang uchun shartnoma imzolashni reja qilgan.
"Yana o'nta jang uchun shartnoma imzolamoqchiman. O'z kuchimni sinab ko'raman. Ko'ramiz, o'nta jangda kim bilan yaxshi kelishuvga erisha olar ekanman. Qanday variantlar bo'lishi mumkin?
Nafaqaga chiqqanimda pulim va yutuqlarim ko'p bo'ladi. Men 35 yoshdaman va o'tkazayotgan janglarimdan mamnunman. Millionlab dollar ishlab topayotganimni va bu ishdan juda zavq olayotganimni hisobga olsak, hozir undan voz kechish ahmoqlik bo'lardi", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va Ngannu o'rtasidagi boks qoidalariga asoslangan jang 28 oktyabr kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar