27 okt 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri nima uchun 10 yoshida maktabdan ketib yuborganini aytdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Tayson Fyuri bolaligini esladi.
"Biz Joshua ikkimiz qashshoqlikdan chiqqanmiz va buni unutmaslik kerak. Endi esa multimillionerlarmiz. Buni hurmat qilish kerak.
Men xech qachon maktabga tayinli bormaganman, 10 yoshimda boks bilan jiddiy shug'ullanish uchun maktabdan ketganman. Menda umuman pul bo'lmagan, zalgacha piyoda borardim. Yirtiq qo'lqoplarim bor edi, kiyimlarim ham eskirib ketgandi.
Professional bo'lganimdan so'ng birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ola Afolabi menga qo'lqoplarini bergan. Ular yirtilgan edi va men buni to'rt yil ishlatib yurdim. Ular titilib ketmagunicha ishlatganman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Boxing King Media
Fikrlar