23 noy 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Usik haqida: "U men uchun juda kichkinalik qiladi"
Og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri o'zining kelajakdagi ehtimoliy raqibi bo'lmish Aleksandr Usik haqida gapirdi.
"Menga kim bilan jang qilishni farqi yo'q. Bu kichkina bilan jangga roziman va unga ajoyib shou tashkil qilib beraman. Men uning ustidan katta yuk mashinasidek o'tib ketaman. Keyin orqaga qaytib yana bir marta ustidan bosib ketaman. Huddi, Deontey Uaylder bilan bo'lgani kabi. Usik juda kichkina.
Qachon yana jang qilaman? Fevral yoki mart. Bu million foizlik narsa. Aks holda barcha promouterlarimni ishdan haydayman va o'zimning "Lo'lilar qiroli" promouterlik kompaniyamni tashkil qilaman, bu aniq", -deydi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar