27 avg 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233675_220.jpg)
Tayson Fyuri WBCga faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligini malum qildi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligi haqida WBC tashkilotiga malum qildi.
Avvalroq, WBC Fyuriga faoliyatini davom ettirish yoki kamarni vakant qoldirish bo'yicha qarorni 26 avgustga qadar malum qilishi kerakligi bo'yicha muddat qo'ygandi.
Eslatib o'tamiz, Fyuri aprel oyida Dillian Uaytni mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlamoqchi ekanligi haqida elon qilgandi.
Agar u faoliyatini davom ettirsa, navbatdagi raqib Usik bo'lishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Sky Sport
Fikrlar