24 iyu 07:03
Yangiliklar
Dzyudo
Tayyormisiz? SHarofiddinning Olimpiadadagi chiqishiga oz qolmoqda
Nihoyat, orziqib kutilgan onlar etib keldi. Bugun tong sahardan o'zbekistonlik sportchilarning Tokio Olimpiadasidagi ishtiroki boshlandi.
Birozdan so'ng dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri, jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev "Nippon Budokan" arenada tatamiga chiqadi. Surxon o'g'loni o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi.
-60 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz ukrainalik Artyom Lesyuk hamda gvatemalalik Xose Ramos bahsi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Lutfullaevning chiqishi taxminan 07:30larga to'g'ri kelmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar