16 fev 17:44
Yangiliklar
Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turniriga ikki kun qoldi
Aniqrog'i, 18-20 fevral kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi. So'nggi xabarlarga tayanadigan bo'lsak, ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning 63 davlatidan jami 429 (252 erkak, 177 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadi. Ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:00da turnirga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Olimpiadagacha oltita reyting ochkolari taqdim etuvchi turnir qolganini inobatga olsak, musobaqaning qay darajada muhim ekani oydinlashadi. Har bir vazn toifasi g'oliblari o'z hisoblariga qimmatli 1000 reyting ochkosini qo'shib qo'yishadi. Finalchilar 700, bronza medal sohiblari esa 500 reyting ochkosiga ega bo'lishadi.
Tabiiyki, Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida Ilias Iliadis murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi dzyudochlari ham ishtirok etadi.
Fikrlar