20 fev 17:15
Yangiliklar
Dzyudo
Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirini 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan yakunladik
Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turnirining so'nggi kuni davom etayotgan bo'lsa-da, musobaqa biz uchun yakuniga etib ulgurdi.
Hozirgina bugungi bahslardagi so'nggi umidimiz bo'lgan Alisher Yusupov ham mag'lubiyatga uchradi. Bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida tatamiga chiqqan +100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz belaruslik Aleksandr Vaxavyakka yutqazib, 7-o'rin bilan kifoyalandi. Katta tanaffusdan so'ng safga qaytgan Alisher Isroildagi turnirdan 260 reyting ochkosi ishlab oldi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirini 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. SHarofiddin Boltaboev oltin, Sardor Nurillaev hamda Muhriddin Tilovov bronza medaliga sazovor bo'lishdi. SHuningdek, ular mos ravishda 1000 hamda 500 reyting ochkosini o'z hisoblariga qo'shib qo'yishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar