25 sen 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Tennis afsonasi etti yillik qamoq jazosi olishi mumkin
Sayyoramizning sobiq birinchi raqamli tennischisi Boris Bekker qiyin ahvolga tushib qoldi.
Bekker yarim million dollarga teng bo'lgan mulkni yashirishda ayblanmoqda. U 2017 yilda o'zini bankrot deb elon qilgan, lekin Britaniya prokuraturasi Bekkerni London va Germaniyada bir nechta ko'chmas mulki borligini aytmoqda. Agar ayblov to'g'ri bo'lib chiqadigan bo'lsa, tennis afsonasiga etti yillik qamoq jazosi berilishi mumkin. Bekker ishtirokidagi sud 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar