So’nggi yangiliklar

18:28Шахмат. Ўзбекистон дунё рейтингида яна бир поғона юқорилади 0 17:45WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди, энг яхши ўрин Исроил Мадримовда 0 17:12Бразилиядаги ўйин вақтида 15 ёшли футболчи отиб ўлдирилди 0 16:30“Усман Топурияни тўрт раунд ичида тўхтатади” - менежер 0 15:48"Ислам учун бу узоқ тун бўлиши мумкин" - эксперт Махачев - Гарри жанги ҳақида гапирди 0 15:12Тожикистонлик спортчи Бенеил Дариушни жангга чорлади 0 14:30ФИФА атрофида машмаша: Инфантино 30 миллион долларлик маошни кўзлаган 0 13:56Махачев: "Мени мағлуб этиш мумкин, аммо…" 0 13:28Гулруҳбегим Тохиржонова "Granada Chess Open 2026" турнири ғолибига айланди 0 12:43WBA рейтинги янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи, Абдуллаев илк бор рейтингга кирди 0 12:11"Реал"нинг янги трансфери барбод бўлиш мумкин. Нега? 0 11:25WBO Бектемир Мелиқўзиевнинг вазнига ўтган Жанибек Алимханулини рейтингининг юқори поғонасига жойлади 0 10:49Акбар Исломбоев LFA 240 турнирида жанг қилади. Рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 10:10Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 пешқадамлар сафида 0 09:44Суперлига. Бугун бизни 3 та қизиқарли учрашув кутмоқда 0

13 fev 14:27
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Tennis. Uch kun davom etib, "Ginneslar rekordi" kitobiga kiritilgan o'yin haqida bilasizmi?

Bugun etiboringizga tarixda eng uzok davom etgan va shu orqali "Ginnes rekordlari" kitobiga kiritilgan tennis uchrashuvi haqida malumot berishga qaror qildik.

Ushbu o'yin 2010 yilning 22 iyunida boshlanib, uch kun davom etadi va 24 iyun kuni o'z nihoyasiga etadi. Uchrashuv "Katta Dubulg'a" turnirlari safiga kiruvchi "Uimbldon" bahslarining birinchi davrasiga to'g'ri keladi. O'yin o'sha vaqtda dunyo reytingining 19-raketkasi hisoblangan amerikalik Jon Isner hamda 148-o'rinda borayotgan Franciyalik Nikolya Mayu o'rtasida kechadi. Mazkur o'yin 11 soat 5 daqiqa davom etgan. Ushbu uchrashuvda AQSH vakili (gigant 208sm bo'yga ega) Jon Izner 6/4, 3/6, 6/7(7), 7/6(3), 70:68 hisobida g'alaba qozonadi. Uchrashuvning ilk kuni tennischilar 4 ta setni o'tkazishadi. Kun botgani tufayli bahs 23 iyunga qoldiriladi. Beshinchi setning tay-brekida hisob 59:59 ko'rinishiga kelgan bir vaqtda uchrashuv uchinchi kunga qoldiriladi.

Uchrashuvning uchinchi kuni o'yinni tomosha qilish uchun Buyuk Britaniya qirolichasi Elezavetta II stadionga tashrif buyuradi. Bu bahsgacha "Uimbldon" bahslariga qirolicha faqatgina 1957 va 1977 yillarda kelgandi xolos.

O'yinda tomonlar 168 ta geymda o'z to'p oshirishini yutib olishga muvaffaq bo'lishgan. Raqiblar umumiy 980 ta ochko yutib olishadi. Ushbu bahsda atigi 3ta breyk-point amalga oshiriladi. Bundan tashqari tennischilar rekord darajadagi eyslarni amalga oshirishadi: Isner 113, Mayu 103 marta.


O'yin yakunlanganidan so'ng ikki hafta o'tib Isner hamda Mayu mashhur telekanallaridan biri ESPN tomonidan eng hayratlanarli rekord sohiblari sifatida mukofotlarga ega chiqishadi.

Bellashuv haqida "BBC sport" telekanali boshlovchisi Tom Fordays shunday yozadi:

Beshinchi setda hisob 10:10 bo'lganida muxlislarning qoshlari chimirila boshladi. Hisob 20:20 ga etganida muxlislar eng ommabop sport turi hisoblangan futbol haqida gaplashishni bas qilishib, "Rostanmi?" degan savollar yangray boshladi. 30:30 ga etganda muxlislar markaziy kortlarni tark eta boshlashdi (malumot uchun mazkur bahs 18-raqamli kortda o'tkazilgan) va kimning elkasiga chiqib olib ushbu uchrashuvni tomosha qilsam ekan degan savollar eshitila boshladi. Kortdagi 782 joy beshinchi set boshlanganidan 3 soat o'tib liq to'ldi.

Hisob 33:32 ga etganida Isnerda ikkita matchbol yuzaga keladi,ammo tirishqoq Mayu bu matchbollarni yo'qqa chiqarganda Isner kortga qulaydi va tashkilotchilardan unga banan obkelishlarini so'raydi (aslida ichida onajon deb yuborgan bo'lsa ajabmas).


Hisob 40:40 ga etganida hayrat o'rnini kulgu egallay boshladi. 47:47 bo'lgan payt tashkilotchilar o'yinchilarning sog'lig'i haqida qayg'ura boshlashdi. Isnerning ahvoli ayanchli ko'rinardi. Biroq, u mardonavor kurash olib borishda davom etardi. Mayu kortda o'zini juda erkin tutardi. Orqa chiziqda u yoqdan bu yoqqa tinimsiz harakat qilar, ammo bu shunchaki raqibga ruhiy bosim o'tkazish edi, aslida u ham holdan toygandi.

Oradan olti soat o'tgach, kamina muxlislar haqida qayg'ura boshladim. Uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Muhammad Layani 6 soat bir joyda qimirlamay uchrashuvni boshqardi. Tasanno!

Qaysidir mehmonxonada bir inson bu uchrashuvni miriqib tomosha qilib o'tirgandir. Bu albatta gollandiyalik Time De Bekkerdir. CHunki, aynan u Isner hamda Mayu juftligi g'olibi bilan ertasiga kortga chiqishi lozim edi. Time De Bekker 23 iyun kuni besh setlik bahsda Kolumbiya vakili Santiago Hilardo ustidan 4 soatu 6 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:7(4); 6:4; 6:3; 5:7; 16:14 hisoblarida g'alabaga erishgandi.


Beshinchi set 70:68 hisobida Isnerning g'alabasi bilan yakunlandi. Hal qiluvchi setning o'zi 8 soat 11 daqiqa davom etdi.

Uchrashuvning ertasiga gollandiyalik Time De Bekker Jon Isnerni 1 soat 14 daqiqa ichida 6/0, 6/3, 6/2 hisoblarida osonlikcha taslim etdi. Amerikalik tennischi birorta ham eys zarbasini amalga oshirolmadi. Garchi, bir kun oldin yakuniga etgan bahsda rekord darajasida 113 ta eysni amalga oshirgan bo'lsada...

SHunday qilib, 2010 yilning 22-23-24-iyun kunlari o'tkazilgan "Uimbldon" turnirining birinchi davra uchrashuvi Jon Isner(AQSH) - Nikolya Mayu(Franciya) o'rtasidagi uchrashuv 11 soat 5 daqiqa davom etib, hozirgi kungacha tennis tarixidagi eng uzoq vaqt davom etgan uchrashuv sifatida "Ginneslar rekordlari" kitobidan o'rin egalladi.

Etiboringiz uchun rahmat!


Xusniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
13 fev 21:38:55
Jakhongir
Xusniddin aka rahmat.
+1   
13 fev 17:14:18
OLAMSPORT
Лайк!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing