So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

02 iyu 11:01
Yangiliklar

Tennis

Tennis yangiliklari. Humoyun bugun CHexiya turniri yakkaligida 1/4, juftlikda esa 1/2 final o'yinini o'tkazadi. Sevil Yuldashevada nima gaplar?

Kecha Humoyun Sultonov CHexiya, Sevil Yuldasheva esa Portugaliyada ikkitadan bahs o'tkazdi.

Ayni kunlarda CHexiyada tennis bo'yicha ITF tasnifiga kiruvchi M25 turniri bo'lib o'tmoqda. Mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov (429) ham ishtirok etmoqda. Kecha namanganlik raketka ustasi yakkalik bahslarining nimchorak final bosqichida belgiyalik Buvaysar Gadamauriga (714) qarshi kortga chiqib, 6/2, 6/1 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi. Yarim final yo'lida Humoyun bugun germaniyalik Sebastian Fanselou bilan o'ynaydi. Mazkur o'yin 14:00 da start oladi.

SHuningdek, Sultonov mazkur turnirning juftlik bahslarida xorvatiyalik Babich Zvonimir bilan ishtirok etmoqda. Tennischilar kecha chexiyalik Ondrey Xonak (1548) hamda Daniel Sinyakov (1056) juftligiga qarshi kortga chiqib, 6/4, 7/6 (7:3) hisoblarida g'alaba qozonishdi. Bugun ular boliviyalik Dellien Velasko/braziliyalik Pedro Sakamoto juftligiga qarshi yarim final bahsini o'tkazadi. Uchrashuv 17:00 ga belgilangan.


Yana bir hamyurtimiz Sevil Yuldasheva (1056) esa Portugaliyadagi W40 turnirida ishtirok etayotgandi. Kecha 21 yoshli tennischimiz 1/8 final bosqichida gongkonglik Iodis CHongga (293) qarshi kortga chiqib, 3/6, 3/6 hisoblarida mag'lubiyatga uchradi.

Juftlik bahslarida chorak finalga qadar etib borgan Yuldashevadan kecha omad yuz o'girdi. U avstraliyalik Elena Michich (1120) bilan hamkorlikda o'ynayotgan edi. Kecha ular kanadalik Byanka Joli (680) hamda britaniyalik Emma Uilson (980) juftligiga qarshi kortga chiqdi va 1/6, 4/6 hisoblarida mag'lubiyatga uchradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing