03 fev 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Teofimo Lopes birlashtiruvchi jang bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
WBO talqini bo'yicha birinchi yarim o'rta vaznda jahon chempioni Teofimo Lopes jamoasi ushbu divizionda IBF kamari sohibi Richardson Xitchinsga qarshi jang bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
The Ring nashrining xabar berishicha, ushbu jang 2025 yil may yoki iyun oylarida Nyu-Yorkda (AQSH) bo'lib o'tadigan Riyadh Season boks oqshomi doirasida tashkil etilishi mumkin. Etiborlisi, har ikki bokschi ham aynan Nyu-Yorkdan.
Eslatib o'tamiz, Lopes so'nggi jangini 2024 yil iyun oyida o'tkazgan va unda kanadalik Stiv Klaggettni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi. 2025 yil boshlarida u Saudiya Arabistoni bilan uchta jang bo'yicha shartnoma imzolagan. Xitchinsga qarshi jang shu shartnoma bo'yicha birinchi jang bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar