13 iyu 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Teofimo Lopes faoliyatini yakunlaganini elon qildi
Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Teofimo Lopes 11 iyun kuni britaniyalik Josh Teylorni mag'lubiyatga uchratgandi.
Aynan yakshanba tongidagi jangidan so'ng u faoliyatini yakunlaganini malum qildi.
"Ancha engil tortdim! Boks menga va mening yaqinlarimga bergan ajoyib hayot uchun rahmat", - deb yozdi Lopes ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Teofimo Lopes professional ringdagi debyutini 2016 yilda o'tkazgan. 2019 yil dekabrida engil vaznda WVO chempioni ganalik Richard Kommini ikkinchi raundda mag'lub etib, birinchi marta chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.
2020 yilning oktyabr oyida ukrainalik Vasiliy Lomachenko ustidan g'alaba qozonib, WVO, WVA va IBF chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar