17 iyu 14:47
Yangiliklar
Terens Krouford Konor Makgregorga keskin javob qaytardi
"U meni hushdan ketkazishini va SHakur Stivenson bilan ikkalamizni bir vaqtda mag'lub etishini aytganmidi?", - deb yozdi Krouford Oq uydagi jangdan so'ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Konor Makgregor Topuriyani himoya qilib, Krouford aralash yakkakurashlarda hech bo'lmaganda bitta jang o'tkazishga jurat etmaganini takidladi.
"Ovozingni o'chir va jangga tayyorlan. Og'zingni ko'p ochganingda senga qanday zarba berishgan bo'lsa, unga ham shunday zarba berishgan. Qafasda jang qilishim shart emas. Boksning gashti ham shunda - o'zing meni yonimga kelasan", - deb yozdi Terens bunga javoban.
Eslatib o'tamiz, Iliya Topuriya Jastin Getji bilan jangning beshinchi raundiga chiqa olmadi va engil vazn toifasidagi UFC chempionlik unvonini qo'ldan boy berdi.
Konor Makgregor oktagonga shu yozda qaytmoqchi. 11 iyul kuni u UFC 329 turnirida Maks Xolloueyga qarshi jang o'tkazadi. Terens Krouford esa o'tgan qishda sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Fikrlar