So’nggi yangiliklar

09:45"Turkish Open-2026" мусобақасида 8 та медал қўлга киритилди. Эркаклар ўртасидаги беллашувларда тенгсизмиз! 0 09:24Қозоғистонлик UFC жангчисида допинг аниқланди 0 09:03Полина Кудерметова дунёнинг 71-ракеткасини мағлуб этди 0 08:42Италия ЖЧ-2026`да иштирок этмайди, Туркия, Швеция ва яна икки терма жамоа йўлланмани қўлга киритди 0 08:21"Номзодлар турнири". Синдаров 3-турда Праггни мағлуб этди ва пешқадамлигини сақлаб қолди 0 08:00Бугундан Асилбек Жалилов ва яна бир боксчимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 19:20Расман: Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги эълон қилинди 0 18:54Венесуэла Жаҳон чемпионати плей-офф босқичида иштирок этиши мумкин 0 18:29Ҳумоюн Султонов бир ойлик танаффусдан сўнг кортга қайтди 0 18:03Бадиий гимнастикачиларимиз Софиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида совриндор бўлди 0 17:39Эрали яна жанг қилади, бу сафар Қозоғистонда (ПОСТЕР) 0 17:17МЮ "Барселона" футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 16:54Адесанья нокаутга учраганидан сўнг баёнот берди 0 16:25Велотрек бўйича Осиё чемпионатида биринчи бўлдик 0 16:02Бобоусмон Батуров техник нокаут эвазига ғалаба қозонди 0

08 okt 18:14
Yangiliklar

Futbol

Terma jamoaga chaqirilgan legionerlar: o'tan bir oyni kim qanday o'tkazdi?

Kechadan yana FIFA kunlari boshlandi. Milliy terma jamoamiz bu oy ikkita o'yinda maydonga tushadi.

Jahon chempionati saralash bosqichidan o'rin olgan bellashuvlarda dastlab 10 oktyabr kuni Eronni qabul qilsak, 15 oktyabrda BAA termasi bilan kuch sinashamiz. Har ikkala bahs "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. 1 oktyabr kuni O'FA ushbu o'yinlarga taklif etilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.

Ro'yxatdan jami 23 futbolchi o'rin olgan bo'lib, shulardan uch nafari darvrozabon va qolganlar maydondagi o'yinchilar. Tig'iz taqvim tufayli bu oy ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaza olmaymiz. SHunchaki har kunlik mashg'ulot orqali Eron bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Xuddi biz kabi Eron terma jamoasi ham o'rtoqlik uchrashuvisiz maydonga tushadi.

Milliy jamoamizga chaqirilganlardan 12 nafari legioner maqomiga ega futbolchilar hisoblanadi. Avvallari bizda mahalalliy futbolchilar ko'p bo'lib, legionerlar nari borsa 3-4tani tashkil etardi. Endi bo'lsa legionerlar mahalliy o'yinchilardan ko'p bo'lib chiqyapti. Bu yaxshi albatta.

Sentyabr oyida o'tkazilgan KXDR va Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahslarda ijobiy natija qayd etdik. Har ikki raqibni mag'lub etib, o'z hisobimizga 6 ochko yozib qo'ydik. Endi esa ikkita qiyin raqibga qarshi kurash olib boramiz. Va mana shu bellashuvlarni ham g'alaba bilan yakunlay olsak, 80 foizga Jahon chempionatiga chiqqan bo'lamiz. Juda qiyin bo'lishini sezib turibmiz, lekin amallasa bo'ladi.

Xo'sh, sentyabr oyidagi FIFA kunlari yakuniga etib, legionerlar o'z klublariga qaytib borgach, o'tgan bir oyni kim qanday o'tkazdi? Quyida shu haqda bazi raqamlarni keltirib o'tamiz.

Eldor SHomurodov ("Roma"/Italiya)

Terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov Italiyaga qaytganidan keyin "Roma" shu paytgacha 6ta uchrashuvda ishtirok etdi. SHomurodov faqat bitta - "Elfsborg" bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. "Jenoa", "Atletik Bilbao", "Monca" bilan bahslarda zaxiradan qo'shilgan bo'lsa, "Udineze" va "Veneciyaga" qarshi o'yinlarda ishtirok etmadi. Umumiy hisobda SHomurodov barcha o'yinlarda 90 daqiqa harakat qildi va to'p kirita olmadi.

15 sentyabr. "Jenoa" - "Roma" 1:1 (81-daqiqada zaxiradan tushdi)
22 sentyabr. "Roma" - "Udineze" 3:0 (zaxirada qoldirildi)
27 sentyabr. "Roma" - "Atletik Bilbao" 1:1 (81-daqiqada zaxiradan tushdi)
29 sentyabr. "Roma" - "Veneciya" 2:1 (zaxirada qoldirildi)
4 oktyabr. "Elfsborg" - "Roma" 1:0 (65-daqiqada almashtirildi)
6 oktyabr. "Monca" - "Roma" 1:1 (86-daqiqada zaxiradan tushdi)




Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol"/Eron)

Masharipovga ko'z tegmasin yangi jamoasining asosiy o'yinchisi bo'lib kelmoqda. O'tgan bir oy ichida "Istiqlol" 5ta o'yin o'tkazib, Masharipov barcha uchrashuvlarni boshlang'ich tarkibda boshladi. Va shundan to'rttasida to'liq harakat qildi. Lekin gol ura olmadi.

16 sentyabr. "Istiqlol" - "Al Garafa" 3:0 (84-daqiqada almashtirildi)
20 sentyabr. "Nassaji Mazandaran" - "Istiqlol" 2:2 (90 daqiqa harakat qildi)
25 sentyabr. "Istiqlol" - "Persepolis" 0:1 (90 daqiqa harakat qildi)
30 sentyabr. "Al Sadd" - "Istiqlol" 2:0 (90+4-daqiqada almashtirildi)
5 oktyabr. "Havadar" - "Istiqlol" 1:2 (90 daqiqa harakat qildi)




Hojimat Erkinov ("Al Vahda"/BAA)

Hojimat Erkinovning jamoasi "Al Vahda" shu paytgacha 3ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, Erkinov shundan ikkitasida maydonga tushdi. Safarda "Al Ayn" bilan kechgan muhim bellashuvda zaxirada qoldirildi. Erkinov ham o'zi tushgan o'yinlarda gol urmadi.

22 sentyabr. "SHabab Al Ahli" - "Al Vahda" 5:4 (90 daqiqa harakat qildi)
27 sentyabr. "Al Vahda" - "Baniyas" 2:2 (71-daqiqada almashtirildi)
6 oktyabr. "Al Ayn" - "Al Vahda" 1:2 (zaxirada qoldirildi)



Abbosbek Fayzullaev (CSKA/Rossiya)

Fayzullaev Rossiya futbolida eng ko'p tilga olinayotgan futbolchilardan biri. Bunga shubha yo'q. U jamoasidagi barcha 6ta uchrashuvda ishtirok etib, "Axmat" va "Dinamo" bilan o'yinlarda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda o'tgan oyni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi.

14 sentyabr. CSKA - "Zenit" 0:1 (71-daqiqada almashtirildi)
18 sentyabr. CSKA - "Krasnodar" 2:0 (90 daqiqa harakat qildi)
21 sentyabr. "Rubin" - CSKA 1:1 (90 daqiqa harakat qildi)
28 sentyabr. CSKA - "Axmat" 3:0 (19-daqiqada gol urdi, 84-daqiqada almashtirildi)
1 oktyabr. "Nijniy Novgorod" - CSKA 0:2 (77-daqiqada zaxiradan tushdi)
6 oktyabr. "Dinamo" - CSKA 1:2 (75 daqiqa o'ynadi, 17-daqiqada gol urdi)




Oston O'runov ("Persepolis"/Eron)

"Persepolis" vakili Oston O'runov faqat Tehron derbisida ishtirok eta olmadi, lekin jamoasi kichik hisobda g'alaba qozondi. Qolgan 4ta o'yinda maydonga tushgan Oston o'zini ko'rsata oldi, lekin unga ham to'p kiritish nasib qilmadi.

16 sentyabr. "Al Ahli" - "Persepolis" 1:0 (90 daqiqa harakat qildi)
20 sentyabr. "Persepolis" - "Alyuminium" 2:0 (45+5-daqiqada almashtirildi)
25 sentyabr. "Istiqlol" - "Persepolis" 0:1 (qaydnomaga kiritilmadi)
30 sentyabr. "Persepolis" - "Paxtakor" 1:1 (69-daqiqada zaxiradan tushdi)
5 oktyabr. "Persepolis" - "CHadormalu" 1:0 (90 daqiqa harakat qildi)




Aziz Turg'unboev ("Sivasspor"/Turkiya)

Aziz Turg'unboev jamoasi "Sivasspor" o'tgan bir oy ichida 4ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi. Turg'unboev dastlabki ikkita bahsni asosiy tarkibda boshlab, keyingi ikkita o'yinda zaxiradan qo'shildi. Bu o'yinlarda unga ham gol urish nasib qilmadi.

14 sentyabr. "Sivasspor" - "Gaziantep" 3:2 (90 daqiqa harakat qildi)
21 sentyabr. "Konyaspor" - "Sivasspor" 0:0 (61-daqiqada almashtirildi)
27 sentyabr. "Sivasspor" - "Istanbul Bashakshehir" 1:2 (46-daqiqada zaxiradan tushdi)
5 oktyabr. "Goztepe" - "Sivasspor" 3:2 (62-daqiqada zaxiradan tushdi)



Otabek SHukurov ("Al Fayha"/Saudiya Arabistoni)

SHukurov "Al Fayha"ga tezda kirishib keta oldi. Jamoasining 5ta o'yinida qatnashgan Otabek shundan uchtasini to'liq o'tkazdi."Al Fayha" ikki bor g'alaba qozonib, ikki marta durang qayd etdi va bitta bellashuvda mag'lub bo'ldi. Afsuski, bu o'yinlarda Otabek SHukurov ham gol ura olmadi.

14 sentyabr. "Al Fayha" - "Al Rayed" 0:5 (46-daqiqada zaxiradan tushdi)
20 sentyabr. "Al Xalij" - "Al Fayha" 0:0 (90 daqiqa harakat qildi)
23 sentyabr. "Al Fayha" - "Al Batin" 4:0 (61-daqiqada almashtirildi)
29 sentyabr. "Al Fayha" - "Al Riyad" 2:0 (90 daqiqa harakat qildi)
3 oktyabr. "Al Vehda" - "Al Fayha" 2:2 (90 daqiqa harakat qildi)




Rustam Ashurmatov ("Rubin"/Rossiya)

"Rubin" tarkibida harakat qilayotgan Rustam Ashurmatov o'z klubiga qaytib borgach, 6ta o'yindan to'rttasida maydonga tushdi. U faqat "Fakkel" va "Axmat" bilan uchrashuvlarla zaxirada qoldirildi. "Rubin" oltita bellshauvdan faqat bittasida g'alaba qozondi.

13 sentyabr. "Rubin" - "Krilya Sovetov" 0:2 (45-daqiqada almashtirildi)
17 sentyabr. "Zenit" - "Rubin" 2:0 (90 daqiqa harakat qildi)
21 sentyabr. "Rubin" - CSKA 1:1 (58-daqiqada almashtirildi)
27 sentyabr. "Fakel" - "Rubin" 0:0 (zaxirada qoldirildi)
1 oktyabr. "Rubin" - "Fakel" 0:1 (90 daqiqa harakat qildi)
5 oktyabr. "Rubin" - "Axmat" 2:0 (zaxirada qoldirildi)




Umar Eshmurodov ("Selangor"/Malayziya)

Malayziya chempionatidagi legionerimiz Umar Eshmurodov oxirgi 4ta uchrashuvda ham to'liq harakat qildi. Hatto o'z hisobiga bitta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

13 sentyabr. "Selangor" - "Kuching Siti" 4:0 (90 daqiqa o'ynadi, 74-daqiqada gol urdi)
19 sentyabr. "Muangtong Yunayted" - "Selangor" 1:1 (90 daqiqa o'ynadi)
28 sentyabr. "Terengganu" - "Selangor" 0:1 (90 daqiqa o'ynadi)
3 oktyabr. "Selangor" - "Dinamik Xerb" 1:0 (90 daqiqa o'ynadi)



Husniddin Aliqulov ("Rizespor"/Turkiya)

Husniddin Aliqulovni ham Turkiya chempionatidagi ishlari chakki ketmayapti. "Rizespor" vakili "Galatasaroy" bilan o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi. SHundan so'ng u tezda tiklanib maydonga qaytdi. Keyingi bahsda zaxirada qoldirilgan futbolchimiz navbatdagi ikki o'yinda asosiy tarkibga qaytib, to'liq harakat qildi va o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi.

14 sentyabr. "Galatasaroy" - "Rizespor" 5:0 (38-daqiqada almashtirildi)
22 sentyabr. "Rizespor" - "Samsunspor" 0:1 (zaxirada qoldirildi)
28 sentyabr. "Alanyapsor" - "Rizespor" 1:0 (90 daqiqa o'ynadi)
4 oktyabr. "Rizespor" - "Antalyaspor" 2:1 (90 daqiqa o'ynadi, 44-daqiqada gol urdi)




Abduqodir Husanov ("Lans"/Franciya)

"Lans"ning himoyadagi etakchisiga aylanib borayotgan Abduqodir Husanov o'tgan bir oy ichida hamma o'yinlarda maydonga tushib, to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Xafa qilayotgan jihat bitta - "Lans"ning g'alaba qozona olmagani.

15 sentyabr. "Lans" - "Lion" 0:0 (90 daqiqa o'ynadi)
21 sentyabr. "Renn" - "Lans" 1:1 (90 daqiqa o'ynadi)
28 sentyabr. "Lans" - "Nicca" 0:0 (90 daqiqa o'ynadi)
6 oktyabr. "Strasbur" - "Lans" 2:2 (90 daqiqa o'ynadi)




O'tkir Yusupov ("Fulad"/Eron)

O'ylaymizki, asosiy darvozabonimiz O'tkir Yusupov o'z joyini topdi. "Fulad" posboni jamoasi ishtirokidagi 4ta uchrashuvda ham maydonga tushib, to'liq harakat qildi. Bundan tashqari ikki bellashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola bildi. Va yana ikkita bahsda bittadan ko'p gol o'tkazmadi.

14 sentyabr. "Fulad" - "Xeybar" 1:1 (90 daqiqa o'ynadi)
21 sentyabr. "Xavadar" - "Fulad" 0:1 (90 daqiqa o'ynadi)
28 sentyabr. "Fulad" - "Zobahan" 1:0 (90 daqiqa o'ynadi)
6 oktyabr. "Traktor" - "Fulad" 1:2 (90 daqiqa o'ynadi)




Xulosa o'rnida

Yuqorida 12 nafar legionerimizning o'tgan bir oy ichidagi ko'rsatkichlarini keltirib o'tdik. Umuman olganda deyarli barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega. O'z klublarida gol urmagan futbolchilarga kelsak, xavotirga o'rin yo'q deb o'ylaymiz. Balki ularning terma jamoada omadi kelib Eron va BAA darvozasiga to'p kiritish nasib qilar. Har holda biz ham shuning tarafdorimiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing