So’nggi yangiliklar

07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0

16 fev 19:50
Yangiliklar

Dzyudo

Terma jamoamiz Antaliyadan Tel-Avivga etib bordi

Xabar berganimizdek, 18-20 fevral kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.

Dunyoning 63 davlatidan jami 429 (252 erkak, 177 ayol) dzyudochi ishtirok etadigan musobaqada Ilias Iliadis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Terma jamoamiz ikki hafta mobaynida Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazgan edi. Delegaciyamiz aynan Antaliyadan Tel-Aviv shahriga etib keldi va mezbonlar tomonidan barcha ishtirokchilar uchun ajratilgan Hilton mehmonxonasiga joylashdi.   

O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga nazar tashlasak, kichik o'zgarishlar ko'zimiz tushadi. Jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev, -73 kg vazndagi etakchi dzyudochimiz Hikmatulloh To'raev, eng og'ir vaznli vakilimiz Bekmurod Oltiboev Tel-Aviv turnirida ishtirok etmaydi. Tabiiyki, ular Antaliya yig'inida ham qatnashishmadi. Murabbiylar shtabi maslahatlashgan holda bu safargi turnirda yoshlarga imkoniyat berishyapti. Jarohatidan forig' bo'lib qaytgan Alisher Yusupov, yoshlardan SHoxruh Baxtiyorov, Jaloliddin Boynazarov tarkibni to'ldirgan.     

Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida qatnashadigan tarkib:

-60 kg: Diyorbek O'razboev

-66 kg: Sardor Nurillaev, Muhriddin Tilovov 

-73 kg: Jaloliddin Boynazarov 

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Hurramov

+100 kg: Alisher Yusupov, SHoxruh Baxtiyorov


Qizlar

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing