So’nggi yangiliklar

07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0

30 jan 10:57
Yangiliklar

Dzyudo

Terma jamoamiz Antaliyaga jo'nab ketdi

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oldi.

O'nga yaqin davlatdan 120 nafardan ziyod dzyudochi qatnashadigan ushbu xalqaro yig'in 14 fevralga qadar davom etadi. SHundan so'ng terma jamoamiz delegaciyasi Antaliyadan to'g'ri Isroilning Tel-Aviv shahriga jo'naydi. 18-20 fevral kunlari Isroilda "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tadi. Hozirgacha mazkur musobaqada qatnashish istagini 65 davlatning 397 nafar dzyudochisi bildirgan. 

O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, kichik o'zgarishlar ko'zga tashlanadi. Jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev, -73 kg vazndagi etakchi dzyudochimiz Hikmatulloh To'raev, eng og'ir vaznli vakilimiz Bekmurod Oltiboev Antaliya yig'ini hamda Tel-Aviv turnirida ishtirok etmaydi. Murabbiylar ularning o'rnida yoshlarga imkoniyat berishyapti. Jarohatidan forig' bo'lib qaytgan Alisher Yusupov, yoshlardan SHoxruh Baxtiyorov, Jaloliddin Boynazarov tarkibni to'ldirishdi.     

Antaliya yig'iniga yo'l olgan tarkib:

-60 kg: Diyorbek O'razboev

-66 kg: Sardor Nurillaev, Muhriddin Tilovov 

-73 kg: Jaloliddin Boynazarov 

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Hurramov

+100 kg: Alisher Yusupov, SHoxruh Baxtiyorov

PS: Tarkibga keyinroq Isroil "Katta Dubulg'a" turniri uchun Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova qo'shilishadi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing