29 fev 15:26
Yangiliklar
Stol tennisi
Terma jamoamiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Qatarga yo'l oldi
Bugun O'zbekiston stol tennisi terma jamoasi azolari navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga uchib ketdi.
Mavsumning navbatdagi World Tour turniri 3-8 mart kunlari Doha shaxrida bo'lib o'tadi. ITTF World Tour Platinum Qatar Open 2020 musobaqasida sayyoramizning 5 qitasidan tashrif buyurgan 274 nafar stol tennischi qatnashadi.
Terma jamoamiz azolari turnirda yakkalik va miks (aralash) bahslarida vatanimiz sharafini himoya qiladi.
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar