25 apr 16:12
Yangiliklar
Dzyudo
Terma jamoamizning Ko'hna shahardagi mashg'uloti davom etmoqda FOTOREPORTAJ
7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkaziladigan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi 36-jahon chempionati startiga oz fursat qolmoqda.
Yilning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi kechadan Samarqand shahrida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishgan edi. Ushbu yig'in tayyorgarlikning so'nggi bosqichi hisoblanib, kuniga ikki mahaldan tashkil etilyapti hamda 4 may kuniga qadar davom etadi.
Hozirgacha jahon chempionatida qatnashish istagini 5 qitaning 95 davlatidan jami 636 (332 erkak, 304 ayol) nafar dzyudosi bildirgan. Ular safida O'zbekiston terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham bor.
Samarqanddagi yig'in yakunlangach, 4 may kuni terma jamoamizning ilk delegaciyasi Doha shahriga yo'l oladi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi esa yakuniy o'quv-mashg'ulot yig'inini Toshkentda o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar