03 iyu 18:02
Yangiliklar
Dzyudo

Terma jamoamizning Xorvatiyadagi yig'ini boshlandi + FOTO
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Xorvatiyaning Istriya yarim orolida joylashgan Pula shaharchasida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.
Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudochilarimiz bungacha Turkiyaning Antaliya shahrida o'n kunlik yig'in o'tkazishgan edi. Endi mashg'ulotlarga bir hafta davomida Adriatika dengizi sohillarida joylashgan Pula shahri mezbonlik qiladi. Ushbu xalqaro yig'inda yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Xorvatiya, Gruziya, Sloveniya, Daniya, Armaniston terma jamoalari ham mashg'ulot o'tkazishyapti.
Reja bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bir haftalik mashg'ulotlardan so'ng Toshkentga qaytadi. Qisqa muddatli tatildan keyin esa Yaponiyaning Maydzuru shahriga jo'nab ketadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar