04 dek 07:34
Yangiliklar
Termizda Konstituciya kuniga bag'ishlangan turnir o'tkazildi + FOTO
O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 28 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan turnirda 2006-2007 yillarda tavallud topgan o'smirlar ishtirok etdi. Jami 263 nafar dzyudochi 20 ta (10 ta o'g'il bolalar, 10 ta qizlar) vazn toifasida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqdi.
O'g'il bolalar -30, -34, -38, -42, -46, -50, -55, -60, -66, +66, qizlar esa -26, -29, -32, -36, -40, -44, -48, -52, -57 hamda +57 kg vaznlarda o'zaro bellashishdi.
Ushbu turnirni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad - sportning dzyudo turini o'smirlar o'rtasida yanada ommalashtirish, ularni doimiy tarzda mashg'ulotlarga jalb etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda viloyat terma jamoasi tarkibiga zaxira bazasini tayyorlab borishdan iborat edi.
Fikrlar