So’nggi yangiliklar

19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

23 may 12:52
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Boshqalar

Termizda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun xalqaro turnir bo'lib o'tadi

Teglar :  Kurash
SHu yilning 26-29 may kunlari Termiz shahrida kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan XIII xalqaro turnir bo'lib o'tadi.

Mustaqilligimiz asoschisi, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan xalqaro sport turi maqomini olgan kurash dunyo bo'ylab keng rivojlanmoqda.

Bugun dunyoning 130 ga yaqin davlatida kurash keng ommalashmoqda. Kurash bo'yicha jahon va qita chempionatlari, xalqaro turnirlar yuksak saviyada tashkil etilayotir. Bu musobaqalarda dunyoning barcha qitasidan polvonlar o'zbekona kamtarlik va mardonavorlik bilan tazim qilib, gilamga chiqmoqda, davra aylanib, kurash tushmoqda.

Kurash xalqaro associaciyasi, Osiyo, Evropa, Panamerika, Afrika va Okeaniya kurash konfederaciyalari tomonidan kurashning jahondagi nufuzini yanada oshirish, uni kelajakda yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

2007-2008 yillarda Makao va Vetnamda o'tgan II va III yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida, 2009 yili Tailandda jangovar yakkakurashlar bo'yicha I Osiyo o'yinlarida, 2013 yili Janubiy Koreyada yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo'yicha IV Osiyo o'yinlarida, 2014 yili Tailandda va 2016 yili Vetnamda tashkil etilgan Osiyo sohil o'yinlarida kurash bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

2015 yilning sentyabr oyida Osiyo olimpiya kengashining Ashxobod shahrida o'tkazilgan navbatdagi Bosh assambleyasida kurash 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga rasman kiritildi.

Termiz shahri mezbonlik qiladigan kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XIII xalqaro turnirning nufuzi ham jahonaro keng etirof etilmoqda. Qator davlatlar polvonlari mazkur turnirda qatnashishga katta qiziqish bildirmoqda. Kurash xalqaro associaciyasidan malum qilishicha, 1993 yildan buyon har ikki yilda o'tkazilayotgan turnirda o'tgan davr mobaynida dunyoning eng nomdor polvonlari kuch sinashgan.

Joriy yilgi musobaqada 50 davlatdan 150 dan ziyod sportchi va mehmon ishtirok etishi kutilayotgani ham turnirning nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir. Turnir 73, 90 kilogramm va mutlaq vazn toifasida bo'lib o'tadi. Turnirning mukofot jamg'armasi 56 ming dollar bo'lib, mutlaq vaznda g'olib bo'lgan polvon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 25 000 dollarga sazovor bo'ladi. Ikkinchi o'rin sohibi 10 000 dollar, ikkita uchinchi o'rin sohiblari 5000 dollardan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Qolgan vazn toifasidagi g'olib va sovrindorlarga ham yirik pul mukofotlari tasis etilgan.

Bayram Aytmurodov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing